28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:18
Siyosat 👁 1,763

MUHIM IJTIMOIY-SIYoSIY TADBIRNI demokratizm va oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazaylik

MUHIM IJTIMOIY-SIYoSIY TADBIRNI demokratizm va oshkoralik tamoyillari asosida oʻtkazaylik

Oʻzbekistonda demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish barobarida bugungi turmushimizga inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklari va ijtimoiy adolat masalalariga yangicha munosabatlar, yangicha qarashlar shakllanmoqda. Jamiyat hayotidagi bu jarayonlar har birimizdan ijtimoiy faollik va yuksak masʼuliyat talab qiladi.

Maʼlumki har bir shaxs oilada kamol topadi. Insonning ongi va dunyoqarashining shakllanishida oilalar, oilalardan tarkib topgan mahallaning oʻrni beqiyosdir. Har birimizning turmush tarzimiz mahallaga – oʻzimiz yashayotgan muhitga bogʻliq ekan, bu daxldorlikning ham oʻziga yarasha masʼuliyatini his qila olishimiz lozim.

Bu masʼuliyat fuqarolar yigʻinlari va ularning maslahatchilarining vakolat muddati shu yil noyabr-dekabr oylarida tugashi munosabati bilan mamlakatimizda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga navbatdagi saylovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotgan ayni kunlarda ayniqsa yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining shu yil 12-sentyabrda boʻlib oʻtgan majlisida "Fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Majlisda qayd etilganidek, oʻtgan davr mobaynida oʻtkazib kelingan fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi fuqarolarning huquqiy ongini va siyosiy-huquqiy madaniyatini oshirish, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda talabchanlikni kuchaytirish maktabiga aylandi.

Navbatdagi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini oʻtkazish muddati 2013-yil noyabr-dekabr oylari etib belgilandi.

Bu saylovlar jarayoni yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida»gi qonun asosida oʻtkazilishi bilan ahamiyatlidir.

Tumanimizda boʻlajak saylovlarda 47 nafar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va ularning 420 nafardan ortiq maslahatchisi saylovi rejalashtirilmoqda.

Qonunga muvofiq, fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi printsiplari asosida oʻtkaziladi.

Yangi tahrirdagi qonunga asosan 2013-yil 27-sentyabr kuni Xalq deputatlari tuman Kengashi qarori bilan fuqarolar yigʻinlari raislari va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam berish uchun tuman hududida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Tuman komissiyasi tarkibiga fuqarolar yigʻinlarining, davlat organlarining, nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari kiritildi. Shu bilan birga bevosita joylarda saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha yangi tahrirdagi qonunga koʻra fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga qoida tariqasida fuqarolar yigʻinining tegishli hududida joylashgan nodavlat-notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillaridan tashqari Xalq deputatlari tuman Kengashining deputati ham kiritiladi.

Fuqarolar yigʻini raisi lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, oliy maʼlumotli, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, davlat organlarida yoki nodavlat-notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi kerak.

Fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish tartibiga koʻra ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan koʻprogʻining ovozini olgan nomzod fuqarolar yigʻini raisi yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan hisoblanadi. Umuman olganda saylovga puxta tayyorgarlik koʻrib, uni qonunga muvofiq yuqori tashkiliy-huquqiy darajada oʻtkazishni taʼminlashimiz zarur. Bu jarayonlardafaol ishtirok etish, fuqarolarimizga saylov maqsad-mohiyatini, bu boradagi amaldagi qonunlarimizni keng tushuntirishni tuman komissiyasi eng asosiy vazifalaridan, deb hisoblaydi. Shundagina saylovlarda eng munosib nomzodlar saylanishiga erishamiz.

Rustam Roʻzmetov,

tuman hududida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026