27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Avvallari tuman gazetasi, desalar darhol koʻz oldimizda “Amudaryo haqiqati” gazetasi gavdalanar edi, biz faqat ana shu gazetani bilar edik. Endi-chi? Endi zamon, davr talabiga monand nomda chop etilayotgan, “Amudaryo haqiqati” gazetasining qonuniy vorisi – “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” gazetalari hamda tahririyatning internetdagi amunews.uz mustaqil veb sayti, bundan tashqari, “Jayxun sadosi” internet radiosi va Amudaryo televideniyesi bizning yagona tuman gazetasi haqidagi tasavvurimizni oʻzgartirib yubordi. Endi biz faqat Amudaryo tumani matbuoti haqida emas, balki tuman ommaviy axborot vositalari haqida ham faxrlanib soʻzlaymiz.
Haqiqatan ham keyingi yillarda tumanimizda biri-birini takrorlamaydigan OAVlar paydo boʻldi. Ayniqsa, “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” gazetalari nafaqat tumanimizda, balki mamlakatimizda chop etiladigan hududiy gazetalar ichida eng yaxshi gazetalardan biriga aylanib ulgurdi.
Men tuman gazetasini qariyb, 60-yildan beri har bir sonini qoldirmasdan oʻqib kelaman. Ayniqsa, gazetada yoritilgan maqolalarning janr jihatdan xilma-xilligi, mavzular rang-barangligi menga juda yoqadi. Xususan, “Mening oilam” ilova nashrida chop etilayotgan “Kunlardan bir kun... mahallada” , “Qaynonaning dil sandigʻi ochilganda”, “Tengdoshlarga gapim bor”, “Salomatlik saboqlari” ruknlari ostida berilayotgan maqolalarning maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Bundan tashqari, huquqiy mavzudagi maqolalar, sohalar boʻyicha mutaxassislarning chiqishlarida gazeta muxlislariga manzur jihatlar juda koʻp. Shuningdek, yosh ijodkorlar uchun gazeta haqiqiy maʼnaviy ustoz vazifasini oʻtamoqdaki, bu tumanimizdan yetishib chiqayotgan yoshlar ijodida oʻz aksini topmoqda.
Men xalqimiz taraqqiyotining haqiqiy koʻzgusi – “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati hamda matbuot sohasi fidoyilarini 27-iyun – Matbuot va OAV xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman va ijodiy barkamollik tilayman.
Ahmad MADPAHIMOV,
mehnat faxriysi, “Choykoʻl” ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶