18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 11:34
Maqolalar 👁 2,656

NOMAʼLUM SIRDOSh

NOMAʼLUM SIRDOSh

Bu koʻk daftarning menda saqlanayotganiga ancha yillar boʻldi. Tasodifan qoʻlimga tushib qolgan daftardagi bitiklarni shu yillar mobaynida takror va takror oʻqiyverib, ular men uchun deyarli yod boʻlib ketgan.

Oʻqiganlarimni oʻquvchilar hukmiga havola qilishdan oldin koʻp bor ikkilandim. Birinchidan, birovning koʻngil sirlarini boshqalarga oshkor qilish odobdan emas. Ikkinchidan, yurakdan chiqqan bu dil soʻzlari shu darajada koʻngilga yaqinki, ularning qogʻoz betida shundoq qolib ketaverishiga yoʻl qoʻymoq ham katta gunoh. Oʻqib koʻrgan odam uchun bu ham bir ibratda, deb oʻyladim. Shu maqsadda uni Sizning hukmingizga havola qilaman:

“Muhabbat va baxt nima?” Bu savolga hech kim bir ogʻiz soʻz bilan javob bera olmaydi. Bu savol shaxsan mening oʻzimga berilganda ham gapirolmay, tutilib qolishim aniq. Lekin mening hayotim yaxshi, baxtliman, deb aniq ayta olishim mumkin. Negaki, bu dunyoda men uchun eng aziz inson – sevgilim bor. Sevganim kim boʻlishidan qatʼiy nazar, u meni chin dildan sevishini istar edim...

Maktabning yuqori sinfida oʻqiyotgan paytimizda oʻzimizdan bir sinf keyinda oʻqiydigan bir qizni sevib qoldim. U qanday fikrda, bilmadim. Sevgimni sir tutib yuraverdim.

Oxiri sirimni sinfdoshim Donogulga aytdim. Axir qizlar bir-birlari bilan tez til topishib ketadi-ku, bir javobini bilib berar deb oʻyladim...

***

Mana Gulbahor bilan bir-birimizga yaqin boʻlib gaplashib yurganimizga uch yildan oshdi. Albatta, bu oz vaqt emas. Bir yilning oʻzida qanchalik yangiliklar boʻlib oʻtmadi, deysiz. Eng muhimi, bu men uchun katta baxt edi.

Vaqti kelib men ham oʻz tengqurlarim qatorida armiyaga ketdim. Ikki yillik xizmat davomida Gulbahordan bor-yoʻgʻi uch marta xat oldim. Sogʻinchlarga toʻla xatlari meni quvontirsa, xatni kam yozayotgani xavotirga solardi. Oxiri butunlay xat kelmay qoʻydi.

Armiyadan qaytib kelgach, Gulbahor bilan uchrasha olmadim. Biror xabar ham bilolmadim. Chunki armiyadan yangi kelgan yigitlar hammaning diqqat-eʼtiborida boʻlishadi. Gulbahor bilan uchrashsam, uni gapga qoʻyaman deb qoʻrqdim.

Boshqa tomondan esa keyingi paytlarda xat yozmay qoʻygani uchun undan xafa edim.

Kutilmaganda Gulbahor ishonchli bir odamdan menga xat berib yuboribdi. Xatni oʻqib hayron boʻldim. U xatida endi mening yonimga kelma, men shunday soʻzida turolmaydigan qizman, sevaman degan soʻzlarimning bari yolgʻon edi, deb yozibdi.

Uning nega birdan oʻzgarib qolganiga tushunmadim. Birinchi marta sensirab xat yozishi edi. Oʻshanda bu xat Gulbahorning menga yozgan oxirgi xati ekanligini bilmagan edim.

Armiyadan kelib oʻqiyman degan niyatim bor edi. Oʻqishga kirolmadim. Toshkentda koʻp yillar davomida ishlab, qolib ketdim.

***

Oradan ancha vaqt oʻtgach, Gulbahorning qoʻshni qishloqdagi bir yigitga turmushga chiqib ketganini eshitdim.

Gulbahorning nega birdan oʻzgarib qolganligining sababini oradan yigirma yil oʻtgandan keyin bildim. Uning ota-onasi yoʻq edi. U qarindoshlarining uyida yashar edi. Turgan gapki, Gulbahor har taraflama ularga qaram boʻlgan. Uyidagilar uning men bilan gaplashib yurganini bilib qolib, unga juda azob berishgan. Bizning aytganimiz boʻladi, biz aytgan odamga tegasan, deb shart qoʻyishgan. Noiloj qolgan Gulbahor barcha yomon otni oʻz boʻyniga olib, meni oʻzidan chetlashtirgan. Sevgisidan emas, sevgan odamidan voz kechish qanchalik ogʻir boʻlganini keyin tushundim.

Shuncha yillar davomida alamini ichiga yutib, hech kimga sirini ochmay yashayvergan. Bardoshi yetganicha yashagan...

Hayotning naqadar ogʻir sinovlari koʻp. Taqdir Gulbahorning hayotini qisqa qilib yaratgan ekan. Uning vafot qilganini eshitib, qattiq larzaga tushdim. Harqalay olisda yashasak ham bir-birovga tilakdosh edik. Oʻzimni juda-juda yolgʻiz his qildim.

Biroq hayot hayotligini, tirik odam tirikchiligini qilaverar ekan. Toshkentda ishlab yurib Aynura ismli bir qiz bilan tanishib qoldim. Hecham katta shaharda oʻsgan qizlarga oʻxshamaydi. Odobli, kamtar qiz menga yoqib qoldi. Biz turmush qurishga ahd qildik. Taqdirni qarang-ki, uning ham ota-onasi yoʻq, qarindoshlarinikida yashar ekan. Qishloqi yigitga tegmaysan, deb ular bizga qarshi chiqishdi.

Biz qarshiliklarga qaramay, Aynura bilan turmush qurdik. Sababi ikkinchi marta ham ayriliq azobini tortishni istamadim. Qarshiliklar oldida bosh egish endi menga munosib emas deb oʻyladim.

Oradan biroz vaqt oʻtib Aynuraning qarindoshlari qishloqda emas, biz aytgan manzilda yashaysizlar, deb turib olishdi. Avvaliga ikkalamiz ham koʻnmadik. Keyinchalik Aynura ham shularning aytgani boʻla qolsin, deb avvalgi ahdidan qaytdi.

Men qari ota-onamni tashlab ketib ichkuyov boʻlib yashamayman, nega doimo bizning turmushimizga boshqalar xoʻjayinlik qilishadi, deb jahlim chiqdi. Aynura yalindi-yolvordi. Biroq men koʻnmadim.

Men oʻz soʻzimda mustahkam turganim bilan Aynura johillar oldida tez taslim boʻldi. Aslida ularning maqsadi bizdan oʻch olish uchun oilamizni buzib yuborish edi. Aynura buni tushunib yetmadi. Uning irodasizligi tufayli men qoʻlimdan hech narsa kelmaydigan holatda qoldim.

Peshonamda sevish bor, birga yashash yoʻq ekan-da, degan achchiq xulosaga keldim. Oʻzboshimchalik bilan uylanishimning oqibati koʻngilsizlik bilan tugadi. Hech narsaga erisholmay, barchaning oldida tilim qisiq boʻldi.

***

Qarindosh-urugʻlarimizning maslahati bilan barcha ishlarimni tashlab qishlogʻimga qaytib keldim. Uzoq qarindoshlarimizdan birining qiziga uylandim. Uni chin yurakdan sevdim deyolmayman. Biroq bola-chaqa, oilam oldida burchimni unutmadim. Oilamga sodiq boʻldim. Farzandlarimni hech kimdan kam qilmay oʻstirdim.

Oradan yillar oʻtdi. Yoshimiz ulgʻayib, xulqimiz ham shunga yarasha oʻzgardi. Biroq bir vaqtlar yuraklarni toʻlqinlantirgan tuygʻular hali soʻngan emas. Mana Gulbahor bilan tanishganimizdan buyon 40-yildan ziyod vaqt oʻtibdi. Shuncha yildan keyin ham bularni eslab oʻtirish oʻrinsizdek tuyuladi.

Ehtimol, mushtday boshimdan bir qizni sevib qolib, xat yozib, boshimga turli qiyinchiliklarni sotib olganim uchun meni yengiltaklikda ayblovchilar ham topilar. Lekin men toʻgʻri yoʻl tutganman, deb oʻylayman. Odamning oʻz oʻtmishida sogʻinib eslaydigan biror narsasi boʻlsa – bu uning hayotining mazmunidir.

***

Umr oʻtib bormoqda. Bugungi kunda har birimiz oʻzga uyda, oʻzga taqdir egasimiz. Biroq olovli hislar oʻtmishni unutishga yoʻl bermaydi.

Menga Gulbahordan esdalik boʻlib 39 ta xat, bir necha suratlar, bayram otkritkalari, bir kitob hamda u turmushga chiqmasidan oldin menga berib yuborgan sheʼrlar toʻla daftar qolgan. Bir paytlar Gulbahor ularni qaytarib berishimni qattiq iltimos qilganida ham koʻnmaganman.

Bu xatlar menga qadrdon boʻlib qolgan. Ularni shuncha yillardan beri avaylab saqlab kelmoqdaman. Xatlarni har gal oʻqiganimda hayajonga toʻlaman, goʻyoki shirin oʻsmirlik damlarimga qaytgandek boʻlaman. Ular otashin yurakdan otilib chiqqan dil soʻzlariga toʻla.

Bular – bir muhabbat tarixi. Bu olamdagi sof bir muhabbat nom-nishonsiz yoʻqolib ketmasligi uchun ham ularni avaylab-asrayman.

Hayot oqimi mangu, yillar shu zaylda oʻtaveradi. Mening yuragimda esa hamon olovli hislar soʻnmagan...

Hayotda muhabbat bir marta keladi, deyishadi. Men bu gaplarga tushunmayman ham, hazm qilolmayman ham.

Men Gulbahorni sevdim. Yonib-kuyib sevdim. Ayrilib-kuydim. Hozirgacha uni tushlarimda koʻraman. Uning qoʻllari tekkan har bir narsa men uchun aziz. Bu – muhabbat emasmi?

Men Aynurani sevdim. Yonib-kuyib sevdim. Undan ajralib qolishni aslo istamadim. Bir yigit oʻz sevgilisi uchun qanchalik kurashsa, men ham kurashdim. Sevganim bilan qisqa muddat birga yashagan boʻlsam ham, hamon oʻzimni baxtiyor sezaman. Uni unutolmayman. Bu-chi, muhabbat emasmi?

Men kimni sevsam ham butun vujudim bilan sevdim. Borligʻimni unga bagʻishladim.

Ammo alam qiladigan tomoni barcha zamonlarda ham bizning turmushimizga begonalar aralashdi. Nega bizning orzu-oʻylarimiz aro yoʻlda qolib ketdi. Aybimiz nima edi? Sevganimizmi?

Sevishganlarning baxtiga zomin boʻlgan johillar loaqal biror marta boʻlsa ham yuraklarida ularga achinish hissini tuyganmikan?

Bunday oʻtkinchi, alamli savollar mening yuragimni bir umr tirnab, azob beraveradi.

Endi, boʻlari-boʻldi, bir odamchalik yashayapman, shunga ham shukur, deyman-u, baribir nimaligini bilmasam ham nenidir, kimnidir kutib yashayman.

Men bir narsaga juda ishonaman. Inson qalbi hamisha umidga, orzu-havaslarga, muhabbatga toʻla. Bu hislar hech qachon soʻnmaydi.

“Nomaʼlum sirdosh”ning sirlaridan voqif qilgan:

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019