“Yoshlar— kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida Amudaryoda qanday ishlar qilinmoqda? (+video)
Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va shu asosida yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Yoshlar— kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmon ijrosini taʼminlash borasida Amudaryo tumanida ham keng koʻlamli ishlar boshlab yuborildi.
Davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzurida tashkil qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, gʻoyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish, Davlat dasturi doirasida olinadigan kreditlar boʻyicha kredit hajmining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda kafilliklar berish, tegishli koʻnikmalarga ega band boʻlmagan yoshlar yashaydigan uy xoʻjaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda koʻmaklashish kabi ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
Ayni kunda Amudaryo tumanida 12 ta ishchi guruhlar tuzilib, ular xonadonma-xonadon yurib yoshlarning muammolarini hamda kredit olishga ehtiyojini oʻrganmoqda.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶