HUDUDNI OBODONLAShTIRISh MASALASIGA EʼTIBOR KUChAYTIRILMOQDA
Ayni paytda Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini tarkibidagi “Toshqalʼa” mahalla fuqarolar yigʻinida hududni obodonlashtirish masalasiga alohida eʼtibor berilayapti. Shu boisdan ham mahallada har chorakda bir marta atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya ahvolini yaxshilash, xonadonlar va ularning atrofini toza saqlash masalalari muhokama etilib, bu borada uchrayotgan kamchiliklar bartaraf etiladi.
Joriy yilning 15-iyul kuni mahallla fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan yigʻilishda ham hududda obodonlashtirish ishlarini jonlantirish masalasi muhokama etildi.
Yigʻilishda mahalla fuqarolar yigʻini masʼul kotibi Saparboy Xoʻjaqov, Qilichboy MMTP raisi Yoqubboy Ashirov, MFY obodonlashtirish jamoatchilik komissiyasi raisi Oʻtamurod Abdullayev, IIB uchastka profilaktika noziri Adham Yoʻldoshevlar soʻzga chiqishib, hududni obodonlashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarga haqqoniy baholarni berdilar, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdilar.
Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶