KITOBXONLAP MASKANI
Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtkazilayotgan turli tanlovlar, tadbirlar va adabiy uchrashuvlar fikrimizning dalilidir.
“Yosh kitobxon” Pespublika koʻrik-tanlovi ham ana shu maqsadda tashkil qilingani bilan ahamiyatlidir.
Joriy yilning 8-iyun kuni Nukus shahrida mazkur koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichi oʻtkazildi. Unda ushbu koʻrik-tanlovning tuman va shahar bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar jamoalari ishtirok etdilar.
Tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari – Muqaddam Xudoyberganova, Mahbuba Oʻtamurodova, Zumrad Nurullayeva, Oxunjon Soburov va Nasiba Jalgʻashevalardan tashkil topgan “Amu quyoshi” jamoasi ushbu koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichida faol ishtirok etib, faxrli birinchi oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
Tumanimizning bilimdon yosh kitobxonlari maxsus diplom bilan taqdirlanib, koʻrik-tanlovning Oʻzbekiston Pespublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.
Bundan tashqari, 40-sonli maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari Sayyora Jumamurodova, maktab kutubxonachisi Gulchiroy Davletova, yoshlar yetakchisi Pavshan Peyimov, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Iqboloy Yusupova, maktab oʻquvchilari Oxunjon Soburov va Muqaddam Xudoyberganovalardan tashkil topgan maktab jamoasi tuman maktablari orasida oʻtkazilgan “Kitobxon maktab” koʻrik-tanovida birinchi oʻrinni egallab, koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Pespub-likasi bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlgan edi.
Ushbu jamoa mazkur koʻrik-tanlovning 28-may kuni Nukus shahrida boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichida ham faol ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.
Oʻquvchilar va oʻqituvchilar erishayotgan bu kabi yutuqlar maktabda oʻquv jarayoni va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganining isbotidir.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶