12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:43
Siyosat 👁 3,351

Özbekiston paxtakorlari va barça mehnatkaşlariga

Özbekiston paxtakorlari va barça mehnatkaşlariga

Aziz döstlar!

Bugun qişloq xöjaligi sohasida, qolaversa, butun yurtimiz hayotida quvonçli bir voqea, yaʼni, mamlakatimiz paxtakorlari 3 million 350 ming tonnadan ziyod xirmon bunyod etib, katta mehnat ğalabasiga erişdilar. Vatanimiz taraqqiyoti yölida, iqtisodiyotimizni barqaror surʼatlar bilan rivojlantirişda, xalqimizning hayotini yanada farovon va obod qilişda, haqiqatan ham, katta hissa bölgan bu ulkan yutuq bilan avvalambor paxtakorlarimizni, barça qişloq xöjaligi mehnatkaşlarini çin qalbimdan samimiy muborakbod etişdan xursandman.

Bu yuksak marra paxtaçilik işiga öz hayotini bağişlagan, öz kasbining ustasi va fidoyisi bölgan dehqon va fermerlarimizning, uşbu sohaga daxldor olim va mutaxassislarning öta murakkab va maşaqqatli mehnati natijasi, tom maʼnoda mardlik va matonat namunasi ekanini xalqimiz yaxşi biladi va yuksak baholaydi.

Paxtani östiriş, uni parvariş qiliş, möl hosil yetiştiriş bilan taniş bölgan har qaysi odam bu iş naqadar oğir mehnat talab qilişini, buning uçun yil davomida, birinçi navbatda, yer va uruğ tayyorlaş, kunni – kun, tunni – tun demasdan, har tup köçat ustida parvona böliş, şuningdek, ob-havo injiqliklari, kasallik va zararkunandalar yetkazadigan ziyonlar va boşqa turli muammolarni bartaraf etiş – bularga faqat irodasi mustahkam, öz kasbi va mehnatini sevgan insonlargina qodir ekanini anglaydi, tuşunadi.

Bu yilgi mavsumni oladigan bölsak, aprel oyida havo haroratining meʼyordan sezilarli darajada past bölgani, surunkali yomğir va jala tufayli çigit ekiş 5-7 kunga keçikib ketgani, may oyida 20-25 kun davomida tuproqda namlik miqdori ortib, çigitning unib çiqişi va ğöza rivojini deyarli töxtatib qöyganini hammamiz yaxşi eslaymiz. Iyul-avgust oylarida esa harorat odatdagidan 8-10 daraja yuqori bölgani, janubiy viloyatlarimizda jazirama issiq 45-50 darajaga yetgani, közni oçirmaydigan garmsel, kuçli şamol va böronlar kuzatilgani, turli zararkunanda va kasalliklar köpaygani, tabiiyki, ğöza rivojiga salbiy taʼsir körsatib, hosil taqdirini xavf ostida qoldirdi.

Şularning barçasini hisobga olgan holda, paxtakorlarimizning bu yilgi mavsumda, ana şunday keskin va murakkab vaziyatda erişgan yuksak marra va natijalarining ahamiyati va qadr-qimmati yanada ortadi va har qança tahsin va tasannolarga arziydi, albatta.

Şu borada beixtiyor odamning xayoliga keladigan bir fikrni aytib ötişni örinli, deb bilaman. Paxta azal-azaldan oqlik, oq rangning timsoli sifatida eʼtirof etiladi. Oq paxtani faqat oqköngil odamlargina yetiştiradi. Taʼbir joiz bölsa, paxta nafaqat oq rangning ramzi, balki fidokorona mehnatning mahsuli desak, heç qanday mubolağa bölmaydi.

Qadrli yurtdoşlar!

Heç kimga sir emas, dehqonçilikda, ayniqsa, bizning Özbekiston şaroitida tuproğimiz, yerimiz sifatini inobatga oladigan bölsak, har qanday hosilning eng katta, hal qiluvçi omili – bu ekin maydonlarining meliorativ holatidir. Keyingi beş yil mobaynida maxsus davlat dasturi asosida mamlakatimiz böyiça salkam 1 trillion söm mablağ sarflanib, 1 million 460 ming gektar suğoriladigan yerlarning meliorativ holati yaxşilangani qişloq xöjaligi sohasida möl hosil yetiştiriş, jumladan, ötgan şu davrda paxtaçilikda hosildorlikni 24 tsentnerdan 26,4 tsentnerga yetkaziş uçun zamin yaratib berdi.

Mustaqillik yillarida har bir hududning tuproq va iqlim şaroitiga mos, ertapişar va serhosil ğöza navlarini yaratiş, selektsioner olimlarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning mehnatini rağbatlantiriş böyiça olib borayotgan keng kölamli işlarimiz tufayli önlab istiqbolli yangi navlar yaratilib, amalda joriy etilgani soha rivojida salmoqli qadam bölganini qayd etiş zarur.

Bu yilgi mavsumda vujudga kelgan murakkab muammo va qiyinçiliklarni bartaraf etiş uçun har qaçongidan ham köproq kuç va imkoniyatlarni safarbar etişga töğri keldi. Buning tasdiğini avvalo omilkor dehqonlarimizning intensiv agrotexnologiyalarni samarali qöllagani, ğöza qator oralari har yilgidan 3-4-marta köp, örtaça 7-marta kultivatsiya qilingani, suğoriş işlari şarbat usulida olib borilib, gektariga 10 tonnadan, jami 10 million tonnadan ortiq mahalliy öğit berilgani misolida köriş mumkin.

Şular qatorida keyingi yillarda şakllangan samarali tizim asosida fermer xöjaliklari imtiyozli kreditlar va texnika bilan taʼminlangani, zarur uruğlik, mahalliy va mineral öğitlar, yoqilği-moylaş materiallari bevosita dalaning öziga yetkazib berilgani, yiğim-terim jarayoni uyuşqoqlik bilan taşkil etilgani yetiştirilgan möl hosilni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan, uning 90 foizdan ortiğini yuqori sortlarga topşiriş imkonini berdi.

Ayniqsa, defoliatsiya işlari öz vaqtida va sifatli amalga oşirilgani, keyingi yillarda bu agrotexnik tadbirning naqadar muhim ekanini fermerlarimiz çuqur anglab yetgani va bu boradagi işlar tizimli ravişda olib borilayotgani ğöza rivojida birmunça keçikiş kuzatilgan joriy yilda özining aniq samarasini körsatdi.

Eng muhimi, inson omiliga katta eʼtibor berilayotgani, qişloq ahlining öz mehnatidan manfaatdorligi, öz yeriga egalik va masʼuliyat hissi, ertangi kunga bölgan işonçi, daxldorlik tuyğusi tobora ortib, ongu tafakkuri yuksalib borayotgani bu borada hal qiluvçi ahamiyat kasb etdi, desam, öylaymanki, sizlar ham bu fikrga qöşilasiz.

Işni oqilona va samarali taşkil etib, öz şartnoma majburiyatlarini birinçilardan bölib ado etgan Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Andijon, Farğona, Buxoro viloyatlari, barça viloyatlarimiz mehnatkaşlari mamlakatimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qöşganini minnatdorlik bilan taʼkidlaşni istardim.

Ayniqsa, Amudaryo, Ellikqalʼa, Şahrixon, Toşloq, Uçköprik, Özbekiston, Vobkent, Qarşi, Navbahor, Uyçi, Pop, Narpay, Şerobod, Qumqörğon, Böka, Gurlan tumanlari dehqon va fermerlari belgilangan rejani 20-25 iş kunida bajarib, köpçilikka örnak va namuna böldilar.

Yurtimizdagi minglab ilğor fermer xöjaliklari qatorida Qamaşi tumanidagi "Aşur ota”, Muborak tumanidagi "Olam”, Navbahor tumanidagi "Martabali”, Namangan tumanidagi "Oltin zamin iftixori”, Kattaqörğon tumanidagi "Hosil”, Paxtaçi tumanidagi "Umida Şaripova”, Sirdaryo tumanidagi "Adolat momo”, Rişton tumanidagi "Gulobod yurt”, Amudaryo tumanidagi "Uluğbek Örozboyev”, Ellikqalʼa tumanidagi "Rözimboy bobo”, Oltinköl tumanidagi "Nur-ziyo közi” singari fermer xöjaliklari hosildorlikni gektaridan 45-60 tsentnerga yetkazib, fermerlik harakatining katta imkoniyatlarini, özbek dehqoni qanday buyuk işlarga qodir ekanini yana bir bor isbotlab berdilar.

Ayni vaqtda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning tadrijiy mantiqi, hayotning özi fermerlik harakatini yangi, yuksak bosqiçga kötarişni taqozo etayotganini hammamiz yaxşi tuşunamiz.

Bu borada soha rivoji uçun yangi imkoniyatlar tuğdirib beriş, uning samaradorligini oşiriş, yerni tom maʼnoda haqiqiy egasiga topşiriş, agrar sohada öziga xos maktab yaratgan ilğor fermerlarning iş tajribasini yoşlarga örgatiş, zamonaviy bilim va malakaga ega bölgan yangi fermerlar avlodini tarbiyalaş kabi öta muhim vazifalar eʼtiborimiz markazida turişi zarur.

Hurmatli yurtdoşlar!

Hammamiz yaxşi tuşunamizki, qişloq xöjaligi sohasidagi barça saʼy-harakatlarimizning pirovard natijasi dehqonlarimizning öz mehnatidan munosib daromad olişi, aholimizning hayot sifati va darajasini oşirişdek ezgu maqsad bilan çambarças boğliqdir.

Şu maʼnoda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda paxta tolasini yuksak texnologiyalar asosida qayta işlaş, uni qöşimça qiymatga ega bölgan mahsulot sifatida eksport qiliş hajmi ortib borayotgani diqqatga sazovordir.

Agar 90-yillarda yurtimizda yetiştirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi özimizda qayta işlangan bölsa, ötgan davr mobaynida bu raqam qariyb 6 barobar ortib, hozirgi vaqtda salkam 40 foizni taşkil etmoqda. Bu öz navbatida oldimizda turgan turli muammolarni yeçiş, ming-minglab yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoşlarimizni zamonaviy iş joylari bilan taʼminlaş, aholining daromad manbalarini köpaytiriş imkonini berayotganini, öylaymanki, tuşuniş qiyin emas.

Dastlabki hisob-kitoblarga köra bu yil paxtaçilikdan olinadigan yalpi daromad örtaça 3 trillion 100 milliard sömdan ziyod yoki ötgan yilga nisbatan 23 foiz köp bölişi kutilayotgani dehqon va fermerlarimizning öz mehnatidan manfaatdorligini kuçaytiriş, "Obod turmuş yili” Davlat dasturi va boşqa umummilliy dasturlarimiz doirasida belgilab olgan vazifalarimizni amalga oşirişga xizmat qilişi bilan ayniqsa eʼtiborlidir.

Aziz va muhtaram vatandoşlarim!

Bugungi xursandçilik kunda siz, fidoyi dehqon va fermerlarni, suvçi va mexanizatorlarni, agronom va selektsionerlarni, mutaxassis va mutasaddilarni, Özbekistonimizning yuksak paxta xirmoniga munosib hissa qöşgan barça insonlarni bağrimga bosib, yana bir bor tabriklar ekanman, sizlarga qalbimda, yuragimda bölgan hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Mana şunday şukuhli damlarda bizdan marhamatini dariğ tutmasdan, öz panohida asrab kelayotgani, doimo yölimizni oçib berayotgani uçun Yaratganimizga şukronalar aytişimiz ham qarz, ham farz deb bilaman.

El-yurtimizdan, xonadonlarimizdan fayzu baraka, tinçlik-osoyiştalik arimasin! Osmonimiz hamişa musaffo bölsin!

Halol mehnatingizning rohatini köring, heç qaçon kam bölmang, azizlarim, qadrdonlarim!

Islom Karimov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026