Korruptsiyaga qarshi kurashish har birimizning vazifamiz!!!
Hozirgi davrda korruptsiya koʻpgina davlatlarda keng yoyilgan boʻlib, unga qarshi kurashish iqtisodiy-siyosiy, sud-huquq islohotlarini amalga oshirish davrida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatnin gmazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini taʼminlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega boʻlgan yangi usullarni qoʻllash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korruptsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida 100 dan ortiq targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.
Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak boʻlgan va huquqiy taʼlim va tarbiya jihatdan yetuk boʻlgan insonlar salbiy illat boʻlmish korruptsiyaga yoʻl qoʻymaydilar.
Shuningdek, boshqarma tomonidan ushbu yoʻnalishda davlat xizmatlari markazlari faoliyatlarida korruptsiya, sansolarlik, byurokratizm, tanish bilishchilik, markaz rahbarlari tomonidan oʻz huquqlarini boshqa shaxslarga nazoratsiz berib qoʻyish kabi salbiy holatlarining oldin olish maqsadida “Sirli mijoz” va “Reyd” tadbirlari tashkil etilib, bir qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Oʻylaymizki, “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning maqsadi davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.
Elmurad TURSUNOV,
Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi
Davlat xizmatlari markazlari faoliyati ustidan
nazorat qilish boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶