QIShLOQLARIMIZ ChIROY OChADI
Ayni kunda Amudaryo tumanining Nazarxon ovulida va Qipchoq shaharchasida “Obod qishloq” davlat dasturiga asosan bir qancha qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa bu yerlarda taʼlim muassasalari binolarining mukammal taʼmirlanib, chiroyli holatga keltirilishi, ularda bolalarning yaxshi taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlarning yaratilishi aholi quvonchiga sababchi boʻlayapti.
Nazarxon ovulidagi 3-sonli maktab binosida 180 mln. soʻmlik, 10-sonli bogʻcha binosida 735 mln. soʻmlik, Qipchoq shaharchasidagi 11-sonli maktab binosida 776,9 mln. soʻmlik va 2-sonli bolalar bogʻchasi binosida 1 mlrd. 217-mln. soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlarining amalga oshirilayotganligi haqiqatan ham diqqatga sazovordir.
Shuningdek bu hududlarda boshqa obeʼktlar qurilishi va taʼmirlanishiga ham alohida eʼtibor berilayati. Jumladan Nazarxon ovul fuqarolar yigʻini binosida 200 mln. soʻmlik QVP binosida 200 mln. soʻmlik mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilayapti va ovulda qiymati 600 mln. soʻm boʻlgan 6,9 kilometrlik suv tarmogʻi tortilayapti hamda Qipchoq shaharchasida qiymati 608 mln. soʻm boʻlgan 2 ta suv sotish shohobchasi qurilishi boshlanayapti.
Bugungi kunda Nazarxon ovuli va Qipchoq shaharchasiga borgudek boʻlsangiz, u yerlarda qishloq va ovullarimizning tobora chiroy ochib, jannatmakon goʻshalarga aylanayotganligining guvohi boʻlasiz.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶