PREZIDENT INTERVYuSIDA BELGILAB BERILGAN VAZIFALAR YaNGI RIVOJLANIShLAR SARI YOʻL OChADI
Muhtaram Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyularini, keltirilgan fikrlarning mazmun-mohiyatini har birimiz katta qiziqish va diqqat bilan oʻqib chiqdik. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan intervyuda bildirilgan fikrlar, belgilab berilgan vazifalar mamlakatimizda yangi rivojlanishlar sari yoʻl ochadi.
Prezident oʻzining ushbu intervyusida «Yangi Oʻzbekistonni» barpo etish yoʻlining mazmun-mohiyatiga keng toʻxtalib, yangi davr xalqimizga nima berishini, ustuvorliklari nimalardan iborat ekanligini batafsil sharhlab berdi. Avvalombor, xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish oʻrinlari, daromad manbalarini yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yoʻnalishlari hisoblanishini aytib oʻtdi.
Shuningdek, iqtisodiy taraqqiyot sohasida oʻsish nuqtalarini aniqlash va ularga alohida ahamiyat qaratish, shu tariqa Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, aholi sogʻligini muhofaza qilish va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, agrar sektorni zamon talablari asosida rivojlantirish, tibbiyot sohasiga eʼtibor qaratish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yanada kuchaytirishga doir masalalar xususida keng toʻxtalib oʻtdi.
Biz, albatta, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish borasida yaqin kelajakda amalga oshirishimiz zarur boʻlgan ushbu olti ustuvor vazifa, kundalik hayotimiz va xizmat faoliyatimizni mazkur vazifalarni ado etish zaruriyati bilan uygʻunlashtirmogʻimiz lozim. Chunki, mazkur tamoyillar ham barcha islohotlar qatori xalqimiz farovonligi va munosib turmush sharoitini yaratish uchun xizmat qiladi.
Bahodir Boltaboyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶