Mangʻit shahrida roʻy bergan yongʻin hodisasi yuzasidan rasmiy bayonot
2018-yilning 11-avgust kuni soat taxminan 04:40lar atrofida Amudaryo tumani Yongʻin xavfsizligi boʻlimi dispetcherlik xizmatiga Mangʻit shahri Xalqlar doʻstligi va Buyuk Turon koʻchalari kesishmasida joylashgan savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda amunews.uz sayti tahririyatiga tuman YoXB boshligʻi H.Matyakubov maʼlum qildi.
Ushbu manzilga oʻt oʻchirish mashinalari soat 04:43da yetib borib, koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 05:25da qurshab olinib, soat 06:28da toʻliq bartaraf etilgan hamda yongʻin boshqa savdo doʻkonlari va qoʻshni binolariga tarqalishining oldi olingan.
Yongʻin shu kuni yoqqan kuchli yomgʻir va yuqori tezlikda esgan shamol tufayli elektr tarmoqlarida roʻy bergan qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
2 nafar tadbirkorga tegishli doʻkon binolarini qurshab olgan yongʻin oqibatida hech kim jabrlanmagan, ammo 180 kvadrat metr binolardagi oziq ovqat va nooziq ovqat mahsulotlari va jihozlar yonib ketgan.
Yongʻin yetkazgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶