Korruptsiya - milliy xavfsizlikka tahdid
Hozirgi kunda dunyo hamjamiyatini qiynab kelayotgan global muammolarning biri – korruptsiya hisoblanadi. Fuqarolarning huquq va manfaatlariga taʼsir qiluvchi xavfli jinoiy hodisaning koʻp tarqalgan turiga kiradigan korruptsiya illati har qanday davlatning rivojlanishiga salbiy taʼsirini koʻrsatadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasida Prokuratura bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir ana shu mavzuga bagʻishlandi.
Tadbirni boshqarma boshligʻi oʻrinbosari L.Alimov ochib berdi va olib bordi.
Tadbirda boshqarmaning Oʻz xavfsizlik guruhi MIB katta tezkor vakili Ye.Ibragimov soʻzga chiqib, bunday yigʻilishlar oʻtkazib turish natijasida hech qachon kam boʻlmasligini, xodimlarning huquqiy ongi oshib borishini, mazkur qonunda «Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish» deb nomlangan alohida bobning kiritilgani bejiz emasligi, chunki aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan turib, unga qarshi kurashish samaradorligini taʼminlab boʻlmasligini taʼkidladi. Qonunning 16-moddasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar korruptsiyaga qarshi kurashish maqsadida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻradi, deb belgilangan. Bojxona boshqarmasi tomonidan ayni ushbu bandiga qaratilgan muhim ishlar amalga oshirilib kelinganligini va korruptsiya nima, odob nima, bularning mazmun mohiyatini misollar orqali keng tushuntirishlar berilayotganini aytib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasi boʻlim prokurori B.Iskandarov soʻzga chiqib, «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» loyihasini ishlab chiqish belgilangan boʻlib, u orqali mamlakatda huquqiy taʼlim va maʼrifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tashviqotini tubdan yaxshilash koʻzda tutilganligini, korruptsiya uchun jazolarni ogʻirlashtirish yoʻli bilan bu illatga qarshi kurashib boʻlmasligini, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq emasligi hamda har bir davlat xizmatchisining oʻz faoliyati jamoatchilik nazoratida ekanini chuqur his etishi korruptsiyaga qarshi kurashishning muhim sharti ekanligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari orasida nisbatan 2015-2018-yillar davomida bironta ham jinoiy javobgarlikka tortilganlar boʻlmaganligi quvonarli hol deb baholab, bu esa oʻz navbatida profilaktika ishlari yaxshi olib borilayotganlikdan dalolat berishini, kelgusida ham bojxonachi degan sharofli nomga dogʻ tushurmasdan, xalqning ishonchini oqlashga harakat qilishni davom ettirishni aytdi.
Xulosa qilib aytganda, har bir inson eng avvalo, oʻzi yashab turgan hayotda adolatsizlik, tengsizlik, qonunga hurmatsizlik, ishonchga xiyonat qilib boʻlmasligini anglab yetishi, poraxoʻrlik, korruptsiya, lavozimidan foydalanishga qarshi kurashishga, shaxsiy manfaatdorlikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilib borishi zarur.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶