SPORTChI QIZLARGA — PREZIDENT SOVGʻALARI
8-mart – xotin-qizlar kuni bayrami arafasida
mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida umumtaʼlim maktablari, akademik
litsey va kasb-hunar kollejlarining 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan, sport bilan
shugʻullanib kelayotgan oʻquvchi qizlarga Prezident sovgʻalari – sport kiyimlari
topshirildi.
Amudaryo akademik litseyining tennis kortida oʻtkazilgan
shunday tadbirda jamoat tashkilotlari vakillari, murabbiylar, taʼlim muassasalari
oʻquvchilari, sportchi qizlar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirni tumanimiz hokimi Rajabboy Yoʻldoshev kirish
soʻzi bilan ochdi va sportchi qizlarni, ularning murabbiyalarini 8-mart – Xalqaro
xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etdi, Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda
bolalar sportini rivojlantirish borasidagi ishlarning mazmun-mohiyati, bu borada
tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Taʼkidlandiki, tumanimizda ham sportni rivojlantirish
sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada xalqaro va respublika
miqyosidagi turnirlarda ishtirok etayotgan va koʻplab gʻalabalarga erishayotgan
sportchilarimizning safi kengayib bormoqda.
Sportchi qizlarga Prezident sovgʻalari – sport kiyimlari tantanali ravishda
topshirildi. Tadbir tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan tayyorlangan
kontsert dasturi bilan koʻtarinki ruhda davom etdi.
Tantanali tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va
sport ishlari vaziri Minhojiddin Hojimatov ishtirok etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶