Suvda çökayotganda birinçi yordam
Yoz oylarida hududimizda xavoning juda isib ketişi kuzatiladi. Odamlar tana issiğini tuşiriş maqadida suv havzalariga çömiliş uçun boradilar. Natijada ayrim kişilarda issiq taʼsirida baʼzan qon bosimining kötarilişi, nafas olişining tezlaşişi, xolsizlik, özini yöqotiş, hatto, yurakning töxtab qoliş holatlari kuzatilişi mumkin. Şuning uçun suvga tuşişdan oldin butun tanani suv bilan artiş kerak va tanani sekin - asta örgatib, keyin suvga tuşiş kerak.
Ruxsat etilmagan joylarda çömiliş qatʼiyan man etiladi. Çömilayotgan bolani nazoratiz qoldiriş mumkin emas. Notaniş joyda kalla taşlaş yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin. Agar çarçagan, korin oç, çanqagan yoki odam yaqindagina kasallikdan tuzalgan bölsa, umuman suvga tuşmagani maʼqul. Agar tomir tortişsa, qöl barmoqlar panjasini tezda muşt qilib, qattiq qisib olib, qölni yon tomonga keskin, biror buyumni uloqtirganday harakatlantirib muştni oçib yuboriş lozim. Boldir muşaklari tortişganda, engaşib tortişgan oyoq kaftidan uşlab oliş, öziga tomon qattiq tortiş kerak.
Suvda çökayotgan odamga birinçi yordam körsatiş uçun jabrlangan kişi boşi yon tomonga burib, oğzi qum va loyqadan tozalanadi. Yuzini pastga qilib, tizzadan yotqizgan holda uning nafas yullari va meʼdasidagi suv çiqarib taşlanadi. Bularning hammasiga 15-soniyadan ortiq vaqt ketmasligi kerak. Jabrlangan kişining nafas olayotgani va tomir urişi aniqlanadi. Tomir urmayotgan bölsa, sunʼiy nafas oldiriladi. Jabrlangan kişining boşi maksimal darajada orqaga taşlanib turişi uçun biron kiyimini örab böyni tagiga qöyiladi. Sunʼiy nafas oldiriş bilan birga yurak taşqi massaj qilinadi. Buning uçun yurak sohasida kökrakning pastli qismiga kaftlar çaliştirib qöyiladi va bir daqiqada 70-marta tezlikda siltab bosiladi, har 15-marta bosilganda bir marta havo puflanadi. Buningday töğri körsatilgan birinçi yordam hayotda kimgadir yaşaş baxtini hadya etişi mumkin. Şuning uçun suvda çökayotgan odamni qutqarib, unga birinçi yordam körsatişni hamma bilgani maʼqul.
M. ERNAZAROV, tuman KTMP
Salomatlik bulinmasi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶