BAYRAM ShUKUHINI QALBAN HIS ETDILAR
Mustaqillik bayrami arafasida oʻzaro mehr-oqibat va muruvvat tuygʻulari xalqimizni bir-biriga yanada yaqinlashtirdi. Ayniqsa, oʻzgalar eʼtiboriga, mehriga muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga xush kayfiyat bagʻishlash, qalblarda bayramona ruh uygʻotish maqsadida bir qator homiy tashkilotlar tomonidan xayr-ehson tadbirlari ham tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri 28-avgust kuni Mangʻit shahridagi “Osiyo” toʻyxonasida ham boʻlib oʻtdi. Bu yerda Koʻzi ojizlar jamiyati tuman boʻlimining bir guruh aʼzolar mustaqillik bayrami shodiyonalarida qatnashdilar. Fayzli dasturxon atrofiga jam boʻlgan mazkur jamiyat aʼzolari mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik tuygʻulari ila yoʻgʻrilgan tantanalar shukuhini qalb koʻzlari ila his etdilar va bir-birlarini, shu barobarida tumanimiz ahlini Istiqlolimizning 27 yilligi bilan samimiy muborakbod qildilar.
“Mikrokreditbank”ning tuman filiali homiylik qilgan ushbu bayram tadbiri Koʻzi ojizlar jamiyati tuman boʻlimi aʼzolari qalblariga xushnudlik bagʻishladi.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶