Birinchi qoʻngʻiroq jarangladi
Bugun barcha maktablarda birinchi qoʻngʻiroq chalinib, yangi oʻquv yili boshlandi. Ayniqsa, maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan bolajonlar uchun bu kun – juda hayajonli kun. Erta tongdan tumanimizdagi 16-sonli umumtaʼlim maktabining oʻqituvchi va oʻquvchilari ham jamul-jam boʻldilar.
Bilimlar kuniga bagʻishlangan tadbir maktabda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston madhiyalari bilan boshlandi. Tadbirni maktab direktori Shuhrat Jumaniyozov tabrik soʻzlari bilan ochib berdi. Tadbirga tashrif buyurgan faxriy otaxonlar va shu maktabning sobiq bitiruvchilari, ayni paytda tumanimizda tibbiyot, iqtisodiyot sohalarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Baxtiyor Yavidov, Shuhrat Komiljonov, Baxtiyor Madrahimovlar oʻquvchilarni yangi oʻquv yili bilan qutlab, mazkur yilda oʻtkaziladigan Bilimlar bellashuvi, Fanlar olimpiadasi va boshqa tadbirlarda muvaffaqiyatlarga erishishlarini tiladilar. Shuningdek, bu oʻquv yilida maktabni ilk bor tugatadigan 11-sinf oʻquvchilariga kelgusida oliy oʻquv yurtlarida oʻqishlarini davom ettirib, jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻsha oladigan komil insonlar boʻlib yetishishlariga ham tilakdoshligini bildirdilar.
Barcha oʻquvchilar quvonchli va hayajonli boʻlgan birinchi qoʻngʻiroq sadolari ostida sinf xonalariga kirib, yangi oʻquv yilidagi ilk darslari boʻlgan “Mustaqillik darsi” ni boshladilar.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶