MTMDA “BAYRAM ERTALIGI” OʻTKAZILDI
Amudaryo tumanining Doʻrman ovulida faoliyat koʻrsatayotgan 15-sonli MTMda 100 nafar kichkintoylar taʼlim-tarbiya olmoqdalar. Ikki qavatli, zamonaviy koʻrinishga ega boʻlgan shinam binoda joylashgan ushbu muassasa bolajonlarning ikkinchi uylariga aylangan, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Negaki, bu yerdagi tarbiyachilar bolalarga oʻz onalari kabi mehribon. Shu bilan birga bu yerda bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Tarbiyachi Zaynab Yusupova, yordamchi tarbiyachilar Saida Soburova, Zulfiya Xudoyberganova, Zulayxo Norimovalar bolalar tarbiyasida hamkasblariga namuna boʻlmoqdalar. Shuningdek, hamshira DilafroʻzXidirovaning bolalar sogʻligini muhofaza qilish borasidagi harakatlari maqtovga loyiq.
Shu yilning 28-avgustida mana shu bolajonlar maskanida mustaqilligimizning 27 yillik bayramiga bagʻishlanib, “Bayram ertaligi” oʻtkazildi.
MTM katta guruh tarbiyachisi Nodira Roʻzimova va musiqa rahbari Jonibek Pirmilovlar tomonidan olib borilgan bu “Bayram ertaligi”da bolajonlar ijrosida qoʻshiqlar, raqslar ijro etilgan va sheʼrlar aytildi.
Bu bayram tadbiri har bir bolajonda katta taassurot qoldirdi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶