Qarovsiz bino obod doʻkonga aylandi
“Choykoʻl” ovulining “Shayx qalʼa” mahallasida yashovchi Soatboy Sherboyev oilasini mahalla ahli mohir tadbirkor, ishbilarmon sifatida hurmat qilishadi. Sababi, oilaning barcha aʼzolari – Soatboy Sherboyevning umr yoʻldoshi Erkinoy Bekchonova, kelinlari va uch nafar farzandi ham tadbirkor.
Yaqinda Soatboy Sherboyev farzandlari bilan bamaslahat yana bir xayrli ishga qoʻl urdi: ovul markazida qarovsiz, boʻsh turgan binoning bir qismini taʼmirlab, kundalik ehtiyoj mollari doʻkonini ochdi. Asosan Oʻzbekistonda va xorijiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli matolar, bolalar kiyim-kechaklari bilan savdo qiluvchi doʻkonda oziq-ovqat mahsulotlari hamda kichik maktab bozorchasi ham tashkil etilgani koʻpchilikka, ayniqsa ota-onalarga juda manzur boʻlmoqda.
– Kelin olib, qiz uzatadigan oilalarga ikki yoqlama shartnoma asosida, kelishilgan narxlarda mahsulotlar ham yetkazib beramiz, – deydi sotuvchisi Erkinoy Bekchonova. – Maqsadimiz – xalqqa manzur va munosib xizmat koʻrsatish.
Robiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶