USTOZ VA MUPABBIYLAP UChUN KATTA BAYPAM TADBIPI OʻTKAZILDI (+foto)
Ustoz – har bir inson hayotidagi qadrli insondir. U hayot soʻqmoqlarida bizga nurli bir yoʻlni koʻrsatadi va kamolotga yetaklaydi. Ilk bor qadam qoʻygan joyimiz bogʻchadan boshlab, maktab, oliy oʻquv yurti va hatto sohada ish boshlaganda ham barchasini ustozdan oʻrganamiz.
Xalqimiz fidoyi, oliyhimmat, jonkuyar bu insonlarni ustoz otangdek ulugʻ, deya doim ehtirom koʻrsatib eʼzozlaydi. Yurtimizda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni deb belgilanib, umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi ustozlarga koʻrsatilgan yuksak eʼtibor va hurmatning yaqqol namunasidir.
27-sentyabr kuni tumanimizda ham bu bayramga bagʻishlangan katta tadbir oʻtkazildi. Tumandagi fayzli “Bek” toʻyxonasida oʻtkazilgan “Sizga taʼzim, aziz ustozlar” deb nomlangan ushbu tadbirda bu muhtaram insonlar uchun bayram dasturxoni tashkillashtirildi. Tadbirga tashrif buyurgan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xalq taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Murodxon Asemiddinov va tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev barcha oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan qizgʻin qutladi. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan oʻqituvchilardan 67-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Habiba Qoʻshayeva hamda 12-maktab direktori Mahmud Qutlimurodovlar “Oʻzbekiston Pespublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi”, 50-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Sayyora Tojiboyeva, 26-maktabning informatika fani oʻqituvchisi Akbarali Shomurodov, 62-maktabning biologiya fani oʻqituvchisi Zokir Atayev, 22-maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Madamin Pahimov, 41-maktabning tarix fani oʻqituvchisi Inʼomjon Tursunboyev, 52-maktab direktori Qodirbergan Eshchonovlar esa “Qoraqalpogʻiston Pespublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
Maktabda taʼlim-tarbiya va obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil qilgan 50-maktab direktori Alisher Yeshniyozov va 20-maktab direktori Erkin Qurbonboyevlarga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovgʻa - televizor berildi. Shuningdek, barcha maktablardagi taʼlim sohasida koʻp yil mehnat qilgan, jamoat ishlarida faol boʻlgan, oʻquvchilarning estetik tarbiyasini oshirishda hissa qoʻshgan va mohir sportchi-oʻquvchilari nufuzli musobaqalarda gʻolib boʻlgan qator oʻqituvchilarga ham qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan namoyish etilgan katta musiqiy dastur tadbirga yanada fayz kiritdi va barchaga bayram kayfiyati ulashdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶