HAFTANING HAR JUMA KUNI - MAʼNAVIY YuKSALISh VA VATANPARVARLIK KUNI
Mustaqillik yillarda respublikamizda harbiylarimizga koʻrsatilayotgan eʼtibor, ularning xizmat oʻtash bilan bogʻliq faoliyatini anchayin yengillashtirmoda. Oxirgi yillarda harbiylar oilalar uchun turar-joylar qurib berilishi, harbiy va ularning oilalari uchun ijtimoiy himoya choralarining kengaytirilganligi, ayniqsa bunda harbiy zobitlarning farzandlari uchun yaratilayotgan taʼlim tizimidagi imtiyozlar bu fikrimizga yoqqol misol boʻla oladi.
Yaqinda harbiylarmiz xizmat faoliyatiga oid yana bir qaror qabul qilindi. Yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3898-sonli Qarori.
Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish kontseptsiyasi va mazkur kontseptsiyani amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqildi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida «Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!» degan kontseptual gʻoya asosida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish belgilab qoʻyildi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni «Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni» etib belgilandi va ushbu kunda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali quyidagilarga alohida eʼtibor qaratildi:
buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyatidagi yorqin misollarni targʻib qilish orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuygʻularini oshirish;
harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini mustahkamlash, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʻoyalariga sodiqlik, Qurolli Kuchlarga hurmat tuygʻusini shakllantirish;
harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbariyati, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirokida harbiy xizmatchilar oilalari turmushining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklar boʻyicha ish rejalari («Yoʻl xaritalari») ishlab chiqish;
harbiy qism va boʻlinmalarda toʻplangan eng ilgʻor tajribalar, jangovar tayyorgarlikda erishilayotgan yutuqlar, mamlakatimiz tarixidagi yorqin voqealarni aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib qilib borish maqsadida uchrashuvlar, harbiy qismlarga tashriflar tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish, burchga va Vatanga xiyonat eng ogʻir jinoyat ekanini hayotiy va taʼsirchan misollar orqali yoshlar ongiga singdirib borish;
erishayotgan yutuqlar hamda harbiylik kasbi nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tayyorlash, shu jumladan, Internet butunjahon axborot tarmogʻida maqolalar, sharhlar va boshqa materiallar chop etilishini tashkil etish.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishda munosib hissa qoʻshgan harbiy xizmatchilarga hamda fuqarolarga harbiy xizmatchilar va yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirishga katta taʼsir koʻrsatgan ishlari va yutuqlari uchun topshiriladigan «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi» koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Endilikda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash organlari negizida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari tashkil etiladi. Brigadalarda (ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarda) va alohida batalonlarda «harbiy psixolog» (ofitser) lavozimi joriy etiladi. Harbiy okruglar boshqaruv apparatlarida «psixolog», «yetakchi sotsiolog», brigadalarda (ularga tenglashtirilgan harbiy qismlarda) va alohida batalonlarda «harbiy qism komandirining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha maslahatchisi — Madaniyat markazi boshligʻi» (Qurolli Kuchlar xizmatchisi) lavozimlari joriy etiladi. Qarorda ularning oylik maoshlariga lavozim moyanasidan 30% miqdorda har oy qoʻshimcha ustama pul toʻlash belgilangan.
Moʻʼminjon MATYuSUPOV, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶