Tumanning eng yaxshi qaynona-kelinlari aniqlandi (+video)
Yurtimizda ayollar tadbirkorligi va oilaviy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, tijorat banklari tuman filiallari, tuman iqtisodiyot va hududni kompleks rivojlantirish boʻlimi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi tuman filiallari xamkorligida boshlangʻich bosqichlarda turgan, endi ish boshlayotgan xotin-qizlarga tadbirkorlikni oʻrgatish maqsadida turli oʻquv kurslari tashkil qilinib, yaqindan yordam koʻrsatilmoqda.
Bu yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirgan holda 24-sentyabr kuni 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida “Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi bosh mutaxassisi Gavhar Chimbaychiyeva, “Oila” ilmiy amaliy markazi tuman boʻlimi rahbari Gulshoda Yusupova, “Tadbirkor ayol” uyushmasi tuman boʻlimi rahbari Nilufar Davletova, tuman madaniyat uyi mutaxassisi Nasiba Eshchanova, tadbirkor ayol-qizlar, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislar, mahalla faollari ishtirok etdilar.
Tashkiliy qoʻmita maxallalarda xotin-kizlarning bandligini taʼminlash maqsadida tanlov Nizomi asosida har bir mahalladan bittadan eng yaxshi deb topilgan biznes loyihani oʻrganib chiqdi va tuman ishchi guruhiga taqdim etdi. Tuman ishchi guruhi tomonidan biznes loyihalar tanlov Nizomi asosida puxta oʻrganildi, 9 nafari tuman bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Tuman bosqichi natijalariga koʻra Qishloq xoʻjaligi sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli yoʻnalishida 1-oʻrinni Qanglilik ovulida bogʻdorchilik bilan shugʻullanayotgan “Yoʻldosh ota” fermer xoʻjaligi rahbari Gulasal Sobirova, Servis sohasida mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli yoʻnalishida 1-oʻringa Yangiobod mahallasida yashovchi “Dilrabo” goʻzallik saloni rahbari Dilrabo Oʻrazmetova, Ishlab chiqarish sohasidagi mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli yoʻnalishida 1-oʻringa Gulzor mahallasida yashovchi, qandolotchilik bilan shugʻullanayotgan Raʼno Atajanovalar egalladi.
Gʻoliblar tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shu kuni “Eng yaxshi qaynona-kelin” koʻrik-tanlovining ham tuman bosqichi oʻtkazildi. Unda ishtirokchilar oila aʼzolarining mehnat faoliyati, tadbirkorligi va tejamkorligi, xonadon obodligi, tomorqadan foydalanish madaniyati borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlar targʻib qilindi. Ikkinchi shartda ishtirokchilar xotin-qizlarning oilani mustahkamlashdagi oʻrni, oilaga sadoqati va hayotdagi boshqa holatlar boʻyicha savollarga javob berdilar. Uchinchi shartda esa oiladagi qaynona yoki kelinning alla aytish mahorati sinovdan oʻtkazildi.
Natijalarga koʻra, Daryo boʻyicha mahallasida istiqomat qiluvchi Raʼno Yoʻldosheva va uning kelini tumanning eng yaxshi qaynona-kelini deb eʼtirof etildi.
Ikkinchi oʻrinni Bosuv mahallasi va Boʻz yop ovullaridan tashrif buyurgan qaynona-kelinlar, uchinchi oʻrinni esa Arna boʻyi va Oʻzbekiston mahallalarida istiqomat qiluvchi qaynona-kelinlar egalladi.
Tanlov gʻoliblari tashkilotchilarning faxriy yorligʻi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶