Paxtadan yuqori hosil olgan fermerlarga IMTIYoZLAR BERILDI
2013-yil 26-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining qöşma qarori bilan "Paxta xom-aşyosini yetiştirişda yuqori hosildorlikka erişgan fermer xöjaliklarini rağbatlantiriş tartibi töğrisida” nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizomga asosan hisobot yilida paxta xom aşyosini yetiştirişda kamida 20 gektar maydonda 40 ts/ga dan hosildorlikka erişgan fermer xöjaliklari yuqori hosildorlikka erişgan fermer xöjaliklari hisoblanib, ular bir yil davomida quyidagi imtiyozlardan foydalanişlari mumkin:
a) fermer xöjaligining paxta ekiladigan jami yer maydonining kamida 5 foiziga Qonun hujjatlari bilan taʼqiqlanmagan boşqa turdagi qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş.
b) Qonun hujjatlari bilan taʼqiqlanmagan boşqa turdagi qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş uçun ajratilgan yer maydonlarida agrotexnik tadbirlarni amalga oşiriş uçun taʼminotçi taşkilotlar bilan töğridan-töğri şartnoma tuziş orqali mazkur yer maydonining har bir gektariga ekilgan ekin turi uçun amaldagi texnologik kartalarda tavsiya etilgan meʼyorlar böyiça dizel yoqilğisi va mineral öğitlarni Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilingan narxlarda (taʼminotçi ustamasi bilan) oldindan 100 foiz tölovni amalga oşirgan holda tegişli şoxobçalar orqali xarid qiliş.
v) tuman (şahar) hokimligi zahirasidagi yer maydonlari böyiça ötkaziladigan tanlovlarda fermer xöjaligiga 10 ballgaça taqdim etiş. Bunda fermer xöjaligi tomonidan hisobot davrida kamida 20 gektar bölgan maydonda yuqori hosildorlikka erişilganda 2 ball, yuqori hosildorlikka erişilgan maydon har 10 gektarga köpayganda qöşimça 1 balldan, 100 gektar va undan ortiq maydonda yuqori hosildorlikka erişilganda 10 ball taqdim etiladi.
g) qişloq xöjaligi texnikalarini xarid qiliş uçun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar beriş;
d) fermer xöjaligiga Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilgan yengil avtotransport vositalaridan («Jeneral Motors Özbekiston» YoAJ mahsuloti) xohlagan bitta modelini fermer xöjaligining asosiy talab qilib olgunça depozit hisobvarağidan pul mablağlarini ötkaziş yöli bilan navbatsiz xarid kiliş.
ye) qişloq joylarida qurilayotgan namunaviy uy-joylardan birini navbatsiz xarid qiliş.
j) superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub uruğlik paxta yetkazib beriş huquqiga ega böliş uçun xöjaliklar örtasida ötkaziladigan tanlovda barça şartlar böyiça teng ball töplangan hollarda yuqori hosildorlikka erişgan fermer xöjaliklari imtiyozga ega böladilar.
Aytiş kerakki, muhtaram Yurtboşimizning "Fermer boy bölsa — mamlakat obod böladi” degan sözlari bugun hayotiy haqiqatga aylanmoqda. Yuqoridagi nizom bilan ilğor fermerlarga berilgan imtiyozlar ham kelgusida qişloq mulkdorlarining sidqidildan, fidoyilik bilan mehnat qilib, mamlakat obodligiga hissa qöşişdek xayrli işlariga rağbat böladi.
Anvar YÖLDOŞEV,
xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati, tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶