INTILUVÇAN VA IZLANUVÇAN MURABBIY
Sport – insonni nafaqat jismoniy, balki aqliy yetuklikka eltuvçi öta muhim tarbiya omilidir. Şuning uçun ham mustaqillik yillarida bolalar sportini rivojlantiriş mamlakatimizda ustuvor vazifaga aylandi. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida bölib ötayotgan turli sport musobaqalarida tumanimiz, Qoraqalpoğiston Respublikasi şarafini himoya qilişga qodir, iqtidorli sportçilar yetişib çiqmoqda.
– Jismoniy tarbiya fani öqituvçisi doimiy izlanişda bölmasa, öz fani böyiça heç qanday ijobiy natijaga erişa olmaydi, – deydi 41-sonli umumtaʼlim maktabi jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Manas Nurjonov. – Ayrim öqituvçilar bolalarni maktab sport zaliga yoki oçiq stadionga olib çiqişadi-da: “mana töp, mana futbol maydoni, öynayveringlar”, deyişadi. Özi esa tomoşabin bölib ötirib oladi. Bolalar öz bilganlariça töp “surişadi”, biri yutib, biri yutqazgan jamoa bormi, bor. Ana xolos, deyman, şu ham darsmi? Bola bir soatlik jismoniy tarbiya darsidan haqiqiy çiniqiş saboğini olsin. Futbol, basketbol, qöyingki, sport öyinlari bilan şuğullanişning metin qoidasini örgansin. Maydonda şunçaki emas, maktab, mahalla, tuman va ona yurt şaʼnini himoya qilişga şay tursin...
Manas Nurjonov taʼlim sifati va öqituvçilarning malakasini oşiriş böyiça tuman miqyosida seminar-treninglar ötkazişda, jismoniy tarbiya fani öqituvçilarining malakalarini oşiriş böyiça öz innovatsion loyihalari, takliflari bilan ham faol iştirok etib kelmoqda.
Özi işlaydigan maktabda esa sinfdan taşqari tadbirlarning yangi şakllarini ötkaziş böyiça sinf rahbarlarining bilim va könikmalarini rivojlantiriş maqsadida seminarlar taşkil etayotgani bois, maktab öqituvçilar jamoasining qiziqiş va eʼtiroflariga sazovor bölmoqda. Ayniqsa, Manas Nurjonovning öquvçi şaxsini şakllantirişga yönaltirilgan uslubiy dars işlanmalari, öquvçilarning bilim va könikmalarini mustahkamlovçi didaktik materiallardan foydalaniş böyiça tavsiyalari maktab öqituvçilariga qöl kelmoqda.
Manas Nurjonovning intiluvçanligi, öquvçilar bilan işlaşdagi pedagogik iş uslubi öz samarasini berib, maktab öquvçilari 2014-2015 öquv yilida sportning qöl töpi turi böyiça Respublika bosqiçida, 2015-2016 hamda 2016-2017 öquv yillarida tuman va Respublika bosqiçlarida ğolib jamoalar safidan joy oldilar. 2017-2018 öquv yilida esa qöl töpi sporti jamoasi “Umid nihollari” sport musobaqasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 2-örinni egalladilar.
Izlanuvçan va intiluvçan Manas Nurjonovga öz sohasida yangi-yangi yutuqlarga erişişida muvaffaqiyat tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.
Suratda: M.Nurjonov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶