Baxt yöli – ilm va hunarda
Istiqlolyillarida yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga, ularning yetuk insonlar bölib voyaga yetişlariga juda katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Voyaga yetmaganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning tölaqonli bilim va tarbiya olişlari, kasb-hunar egallaşlarini taʼminlaş maqsadida qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Özbekiston Respublikasining "Taʼlim töğrisida”gi, "Voyaga yetmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi töğrisida”gi, "Jismoniy tarbiya va sport töğrisida”gi Qonunlari, Respublika Vazirlar Mahkamasining "Voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiyalar faoliyatini takomillaştiriş töğrisida”gi Qarori şular jumlasidandir.
Tuman xotin-qizlar qömitasi tuman hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar işlari böyiça komissiyasi bilan hamkorlikda tumanimizning kelajagi bölgan 61 ming nafardan ziyod voyaga yetmagan öğil-qizlar orasida mazkur qonun va qarorlarning ijrosini töliq taʼminlaş maqsadida faoliyat olib bormoqda.
Tumanimizda Xalq taʼlimi va örta maxsus, kasb-hunar muassasalarida ösib kelayotgan yoşlar böş vaqtlarini samarasiz ötkazmay, jismoniy çiniqişlari uçun 389 ta tögaraklar taşkil etilgan bölib, bu tögaraklarga 11 ming 197 nafar voyaga yetmaganlar jalb qilingan.
Voyaga yetmaganlarning diniy-ekstremistik va terroristik guruhlar taʼsiriga tuşib qolişining oldini oliş maqsadida umumtaʼlim va kasb-hunar taʼlimi muassasalarida hamkor taşkilotlar bilan yilimizning ötgan 9 oyi davomida 288 ta uçraşuvlar taşkil qilinib, tarbiyaga oid taşviqot-tarğibot işlari olib borildi.
Fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari qoşida taşkil etilgan "Ota-onalar universiteti”da yoş ota-onalarning farzand tarbiyasi borasida huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, psixologik bilimlarini oşirişga qaratilgan şuningdek, farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatayotgan ota-onalarni töğri yölga soliş, mahallada soğlom ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga rahna soluvçi holatlarni bartaraf etiş maqsadida 234 joyda tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2013-yil 30-aprel kuni imzolangan "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun-hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq nikoh yoşiga amal qilmaslikka doir jazo çoralarining kuçaytirilganligi bu boradagi işlarimizning yanada samarali bölişiga zamin yaratdi. Tuman hotin-qizlar qömitasining şu yil 5-may kungi "Tuman aholisi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoşlar örtasida qonun buzilişlari, huquqbuzarlik va jinoyatçilik, öz joniga qasd etişga qarşi, erta turmuş qurişning oldini oliş borasida tuşuntiriş işlari va tarğibot yiğilişlarini ötkaziş rejasi”ga asosan barça OFY va MFYlarda, umumtaʼlim maktablarida yiğilişlar ötkazildi.
Ota-ona borki, bolam deb yaşaydi. Borini unga atab, bekam-u köst ulğaytirib, el qatoriga qöşsam, deydi. Buningdek orzu-niyatlarining amalga oşişi ota-onani çeksiz baxtga belaydi. Biroq ayrim hollarda ularning "Bolam heç kimdan kam bölmay yursin”, deya yiqqan mablağini ösmirlar nopok işlarga sarflayotgani, tungi vaqtlarda ham ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarning kuzatuvisiz kafelarda, kompyuter zallari va köngil oçar maskanlarda bemaqsad yuriş holatlari ham uçrayapti. Bularning oldini oliş uçun, qolaversa, bozorlarda, aholi gavjum joylarda, tilançilik qilib, ziyoratgohlarda daydib yurgan yoxud mehnatning oğir turlariga jalb qilinayotgan ösmirlarni aniqlaş maqsadida içki işlar bölimi, tuman hokimligi huzuridagi VEIB (voyaga yetmaganlar işlari böyiça) tuman komissiyasi, XTMFMTTEB, "Kamolot” YoIH tuman kengaşi bilan hamkorlikda reydlar ötkazdik.
Iqtidorli va faol qizlarni rağbatlantiriş yuzasidan tuman xotin-qizlar qömitasi tomonidan bir qança işlar amalga oşirildi. Jumladan, Mustaqillikning 22 yilligi munosabati bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod qizlar örtasida muşoira keçalari ötkazildi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarini saralaş tuman bosqiçi joriy yilning 3 sentyabr kuni bölib ötdi. Tanlovda 14 yoşdan 22 yoşgaça bölgan isteʼdod sohibalari qatnaşdilar.
Tumandagi barça örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida 16-22-sentyabr kunlari oraliğida "Orasta qizlar” tögaragi aʼzolari örtasida saralaş bosqiçi ötkazildi.
Yoşlarni internet saytlaridagi axloq normalari va maʼnaviyatimizga zid bölgan, şuningdek, ijtimoiy-maʼnaviy hayotimizga tahdid soluvçi axborotlar oqimidan himoyalaş, ularda uşbu axborotlarga nisbatan informatsion immunitet hosil qiliş böyiça maktablarda suhbatlar ötkazib kelinmoqda.
Heç bir ota-ona farzandiga yomonlikni ravo körmaydi. Biroq afsuski, bilim doirasi torligi sabab ayrim ota-onalar farzandlarining yetarliça bilim olişiga, dars maşğulotlariga muntazam qatnaşiga eʼtibor bermaydilar yoki dars maşğulotlaridan olib qolib, arzimagan uy işlariga jalb qilişadi. Hatto kasb-hunar maskanlarida hunar örganişlariga qarşilik qiladilar. Bu bilan öz jigarbandlarining kelgusi hayotlariga salbiy taʼsir ötkazayotganini anglab yetmaydilar.
Endilikda bu boradagi kamçiliklarga barham beriş maqsadida Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksining 47-moddasi 2-qism bilan töldirildi. Unga köra "Bolalarning majburiy umumiy örta taʼlim, örta maxsus kasb-hunar taʼlimi olişiga ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan tösqinlik qiliş eng kam iş haqining beş barobaridan 10 barobarigaça miqdorida jarima solişga sabab böladi”.
Öylaymizki, qonunçiligimizdagi bu qöşimça voyaga yetmaganlarning, ösmir yoşlarning özvaqtida muntazam ravişda ilm olib, kasb-hunarlarni puxta egallaşlariga asos böla oladi. Yetuklik, baxt kaliti ilm va hunarda ekanligini hayotning özi tasdiqlab turibdi. Bunga monelik qilmang, aziz ota-onalar!
Maryam AHMEDOVA,
tuman hokimi örinbosari,xotin-qizlar qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶