Dörmanlik Erkinoy Yuldaşeva bir kunda 257 kilogramm paxta terdi
4-oktyabr kuni Dörman ovulidagi “Beşbayev Qurbanğaliy” fermer xöjaligida “Ilğor terimçi” musobaqasi ötkazilib, unda tumandagi ovul va mahallalardan 44 nafar terimçi iştirok etişdi.
Musobaqa yakunlari köra 257 kilogramm paxta tergan dörmanlik Erkinoy Yuldaşeva 1-örinni egalladi. Unga “Artel” televizori topşirildi. Şuningdek, 245 kilogramm paxta terib, ikkinçi örinni egallagan “Boğ” mahallalik Şohida Egamberdiyevaga ham “Artel” televizori, 217 kilogramm paxta terib, uçinçi örinni egallagan çoyköllik Nilufar Töqliboyevaga “Artel” kir yuviş maşinasi topşirildi.
Musobaqada iştirok etgan barça 44 nafar terimçilarga Amudaryo tumani hokimligi tomonidan 1 donadan velosiped sovğa qilindi.
Şuningdek, “Ilğor terimçi” musobaqasini ötkaziş uçun barça şaroitlarni yaratib bergan fermer Qurbanğaliy Beşbayevga ham tuman hokimligi tomonidan velosiped topşirildi.
8 soat davomi etgan musobaqa davomida terilgan jami 7025 kilogramm paxta uçun terim puli şu kunning özida naqd şaklda berildi.
Musobaqa ğoliblarini aniqlaş va taqdirlaş marosimida Özbekiston Yoşlar Ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Qahramon Quronboyev va tuman hokimi S.Yöldaşevlar iştirok etib, terimçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, Q.Quronboyev “Fidoyi yoşlar” otryadi aʼzolari bilan ham suhbat ötkazdi.
Paxtakorlarning dam oliş vaqtlarini mazmunli ötkaziş maqsadida Madaniyat bölimi sanʼatkorlari musiqiy çiqişlar uyuştirib, terimçilarning salomatligi tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari tomonidan nazorat qilib borildi.







Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶