28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:40
Qishloq xoʻjaligi 👁 273

Doʻrmanliklar markazlashgan holda pilla yetishtirmoqda

Doʻrmanliklar markazlashgan holda pilla yetishtirmoqda

Bugungi kunda yurtimizda ipakchilik tarmogʻini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ipak qurti parvarishi va pilla yetishtirish – qadimdan xalqimiz hayotida muhim oʻrin tutgan, ekologik toza va iqtisodiy foydali boʻlgan sohalardan biridir. Mazkur yoʻnalishning rivojlanishi nafaqat qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish, balki aholini barqaror daromad manbai bilan taʼminlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Soʻnggi yillarda ipakchilik tarmogʻini modernizatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Fermer xoʻjaliklari, dehqonlar va tadbirkorlar ipak qurti urugʻi, tut daraxti koʻchatlari va parvarishlash vositalari bilan taʼminlanmoqda. Shuningdek, klaster tizimi orqali pilla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va qayta ishlovchi korxonalar oʻrtasida barqaror hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda.

Amudaryoliklar ipak qurti parvarishi va pilla yetishtirishda respublikada eng ilgʻorlardan hisoblanadi. Tumanda joriy yilda pilla yetishtirish rejasi 296 tonna boʻlib, 2 ming 658 ta xonadonda 4 ming 936 quti ipak qurti parvarishlanmoqda.

Doʻrman ovuli aholisi pillachilikning moʻmay daromad manbai ekanligini chuqur anglab yetgan. Uning mehnatidan qochmay, ipak qurti parvarishini markazlashgan holda tashkil etishi, oʻzaro hamjihatliklari bilan boshqalarga namuna boʻlmoqda. Har yili ovuldagi band boʻlmagan xotin-qizlar ovuldagi boʻsh turgan binolarda ipak qurti parvarishiga jalb qilinib, ularning oilasiga daromad olib kelishiga koʻmaklashilmoqda.

Bu yilgi mavsumda ham doʻrmanliklar tumanda eng ilgʻorlar qatorida markazlashgan holda pilla yetishtirmoqda. 15 nafardan ortiq ayol-qizlar 20 quti ipak qurtini parvarish qilib, pilla xirmoniga munosib hissa qoʻshmoqda. Ularning mashaqqatli mehnati va oʻzaro hamjihatliklarini ragʻbatlantirish maqsadida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov ish jarayoniga tashrif buyurdi.

Faxriddin Yusupov pillakorlarga ipakchilik bu nafaqat iqtisodiy foyda, balki oilaviy baraka, xotin-qizlar va yoshlar uchun ish oʻrni, ekanligini taʼkidlab, bu yoʻnalishdagi har bir mehnatkashning hissasi tahsinga loyiq ekanini qayd etdi.

Tadbir davomida pillakorlar faol ishtiroki, sifatli va moʻl hosil yetishtirayotgani uchun esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi. Ularning orasida uzoq yillardan buyon ipak qurti parvarishi bilan shugʻullanib kelayotgan tajribali pillakorlar, nuroniy onaxonlar bunday eʼtibor va eʼtirof ularni yanada koʻproq mehnat qilishga undayotganini aytib, minnatdorlik bildirishdi.

Taʼkidlash joizki, ipak qurti parvarishi, ayniqsa, bahor va yoz mavsumlarida minglab oilalar uchun mavsumiy daromad manbai hisoblanadi. Ayollar, yoshlar va keksalar ham bu jarayonda faol ishtirok etib, oʻz turmush darajasini yaxshilash imkoniga ega boʻlmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026