28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:59
Qishloq xoʻjaligi 👁 402

Amudaryolik pillakorlar yuksak xirmon bunyod etdilar

Amudaryolik pillakorlar yuksak xirmon bunyod etdilar

Amudaryo tumani Qoraqalpogʻistondagina emas, balki Oʻzbekiston miqyosida eng koʻp va sifatli pilla yetishtiruvchi tumanlardan biri sanaladi. Tuman pillakorlari har yili shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan ado etib, qoraqalpogʻistonlik pillakorlar orasida peshqadamlik qilib kelishmoqda. Albatta, bunday mavqega erishishning oʻzi boʻlmaydi. Buning uchun eng avvalo sohani rivojlantirishning birdan-bir omili – ozuqa bazasini mustahkamlash, ijarachi pillakorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bundan ham muhimi, ularning fidoyi mehnatlarini munosib ragʻbatlantirib borishda adolat tamoyillariga amal qilinishi joiz.

Xalqimiz pillachilikni yetti xazinaning biri sifatida qadrlashadi. Shundanmi, ipak qurti parvarishlash mavsumi juda qisqa, bir oydan sal ziyod vaqt davom etib, har bir kuni, hatto lahzalari oʻta masʼuliyatli boʻlishiga qaramay, yillar davomida ipak qurtini mehr bilan parvarishlab, yuqori hosil olib kelayotgan mohir pillakorlarimiz juda koʻp. Katta minnatdorchilik va mamnuniyat bilan shuni alohida eʼtirof etish joizki, aynan ana shunday fidoyi, mehnatkash insonlar saʼy-harakatlari tufayli joriy yilgi pilla xirmonimiz yanada yuksak boʻldi.

Bu yilgi ipak qurti parvarishlash mavsumiga jiddiy tayyorgarlik koʻrildi. Tumandagi pillachilik tarmogʻi mavjud boʻlgan fermer xoʻjaliklari tomonidan barcha tutzorlar, hatto dala yoʻllari, ichki suv yoʻllari boʻylariga ekilgan tut daraxtlari – jami 525,2 gektar maydondagi salkam 2400 tupga yaqin serhosil tut nihollari erta bahordanoq alohida roʻyxatga olindi va zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilib, oziqlantirildi.

Hududlardagi ijarachi pillakorlar ixtiyoridagi qurtxonalar soha mutaxassislari tomonidan jiddiy nazoratga olinib, sanitariya talablari darajasida mavsumga tayyorlandi. Barcha zarur sharoitlar yaratilgach, pillachilik tarmogʻi bor boʻlgan fermer xoʻjaliklarining ijarachi pillakorlari bilan “Jayxun Silk” MChJ pillani qayta ishlash korxonasi oʻrtasida joriy yilgi mavsumda 296 tonna pilla yetishtirish boʻyicha shartnoma tuzildi. Amalga oshirilgan barcha saʼy-harakatlar bugungi yuksak pilla xirmonini yaratish imkonini berdi.

Joriy yilning 13-iyun sanasigacha pillakorlarimizning tun-u kun olib borgan fidoyi mehnatlarining natijasi – shartnomaviy rejadagidan 14 tonna ziyod, yaʼni 296 tonna oʻrniga 310 tonnalik qimmatbaho sanoat xom ashyosi – yuqori sifatli pilla xirmoni bunyod etildi. Bu boradagi reja 104 foizga bajarildi.

Erishilgan bu yuksak natijalarga tumandagi pillachilik tarmogʻi bor boʻlgan fermer xoʻjaliklari munosib hissalarini qoʻshdilar. Tumanda eng koʻp pilla hosilini yetishtirgan choykoʻllik ijarachi pillakorlar 27 tonnadan ortiq xirmoni bilan karvonboshilik qildilar. Toʻlqinliklar 17,9 tonna, qanglilik ijarachilar 18,8 tonna, qipchoqlik pillakorlar 14,2 tonna, oq oltinliklar 12,8 tonna, Bobur ovullik pillakorlar 20,2 tonna hosil yigʻib, sarbaland xirmonlar bunyod etishdi. Shuningdek, Kuyuk koʻpir, Xitoy, Boʻz yop, Namuna, Doʻrman, Xolimbeg, Qilichboy, Oʻrta qalʼa, Tosh yop va Amir Temur nomli ovul hamda mahallalar pillakorlari ham ibrat namunalarini koʻrsatdilar.

Qaysi soha boʻlishidan qatʼiy nazar, qilingan fidoyi mehnat qadrlanmasa, moddiy manfaatdorlik masalasida adolat boʻlmasa, albatta oʻsha soha bir kun kelib tanazzulga yuz tutadi. Bu zamonlar sinovidan oʻtgan haqiqat. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda “Jayxun Silk” MChJ pillani qayta ishlash korxonasi bilan ijarachi pillakorlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq pillakorlarning fidoyi mehnatlari munosib baholandi va topshirilgan hosil uchun ish haqlari shu kunning oʻzida, tarozi boshida hisob-kitob qilinib, ijarachilarga berib borildi. Qilgan mehnatlari, yetishtirgan sifatli pilla hosili salmogʻiga yarasha 5-6 million, baʼzi pillakorlar hatto 10-15, 20-21 million soʻmgacha daromad olishga muvaffaq boʻldilar.

Fursatdan foydalanib, soha xodimlarini, kunni-tunga ulab, qurtxonalarda sifatli pilla yetishtirish maqsadida oʻzlarining halovatidan kechib fidoyi mehnat qilgan va bugungi kunda yorugʻ yuz bilan yuksak Amudaryo pilla xirmoni yaratgan barcha aziz pillakorlarimizni erishilgan katta mehnat gʻalabasi bilan chin dildan muborakbod etaman, oilalariga farovonlik, mustahkam sogʻlik tilayman.

Erkaboy Yusupov, “Jayxun Silk” MChJ rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026