Haydovçilarning mast holda transport vositalarini boşqarişga yöl qöymaslik maqsadida reyd tadbirlari taşkil etildi
Bugungi kunda yurtimiz şahar, tuman va qişloqlarida transport vositalarining kundan kunga ortib borişi va yöl harakati qoidalariga töliq amal qilinmasligi oqibatida turli xil yöl-transport hodisalari kelib çiqmoqda. Bu kabi noxuş hodisalarining oldini oliş böyiça köpgina işlar amalga oşirilib, mutaxassislar tomonidan bir qator takliflar bildirilmoqda. Tezlikni pasaytiriş, piyodalar maydonlarini kengaytiriş, jamoat transportini rivojlantiriş va yöllar sifatini oşiriş şular jumlasidandir.
Amudaryo tumani hududidagi avtotransport yöllarida harakat xavfsizligini taʼminlaş, köngilsiz hodisalar sodir etilişining oldini oliş maqsadida dam oliş kunlari, yaʼni haftaning şanba va yakşanba kunlari yöl-patrul xizmati xodimlari tomonidan muntazam ravişda reyd tadbirlari ötkazib kelinmoqda. Şunday tadbirlardan navbatdagisi tuman markazidagi hamda Qipçoq şaharçasi hududidan ötuvçi asosiy yöllarda ham taşkil etildi.
Reydda tuman Içki işlar bölimi yöl-patrul xizmati bölinmasining xodimlari iştirok etişdi va tadbir davomida huquqbuzarlik sodir etgan şaxslarga nisbatan tegişli tartibda çoralar körildi. Jumladan, avtotransport vositasini mast holatda boşqarganlikda gumon qilingan fuqarolar belgilangan tartibda tibbiy tekşiruvdan ötkazildi va ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirildi.
Taʼkidlaş joizki, haftaning şanba va yakşanba kunlari aholi dam oliş maskanlari va umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida spirtli içimliklar isteʼmol qilib, haydovçilar tomonidan mast holda avtotransport vositalarini boşqariş holatlari köp kuzatilmoqda. Ötkazilayotgan reyd tadbirlari mast holdagi haydovçilar tomonidan transport vositalarini boşqarişga yöl qöymaslik, köngilsiz hodisalarning oldini olişga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Maʼlumotlarga köra, respublika hududida yiliga örtaça 9-10 ming yöl-transport hodisalari sodir bölişi oqibatida 2 mingdan ortiq fuqarolar halok bölmoqda. Mavjud köngilsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, avtotransport boşqariş va avtomobil harakati yöllarida piyodalar madaniyatini oşirişga doir tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari yanada kuçaytirilmoqda.
Bugungi kunda yöl-transport hodisalari köproq harakat tezligini oşiriş, xavfsizlik kamarini taqmaslik, mast holda transport vositasini boşqariş, harakat vaqtida telefondan foydalaniş oqibatida sodir etilganayotgani aniqlangan. Uşbu elementar yöl harakati qoidalariga rioya qiliş orqali yöl-transport hodisalari sonini keskin kamaytirişga erişiş mumkin.
Reyd tadbiri davomida inspektorlar tomonidan tegişli hujjatlarsiz transport vositasini boşqargan, yölovçi taşiş qoidalarini buzgan, hujjatlari nosoz bölgan hamda boşqa turdagi qoidabuzarliklarga yöl qöygan haydovçilarga nisbatan tegişli çoralar körildi. Şuningdek, yölovçi va yengil turdagi yuk taşuvçi transport vositalari közdan keçirilib, avtoturargoh va yöllardagi harakat vaqtida piyodalarga nisbatan huşyorlikni oşiriş yuzasidan profilaktik suhbatlar ötkazildi.
Yöl harakati qoidalariga amal qilmaslik va piyodalarning tasodifiy xatti-harakatlari, afsuski, ölim va jiddiy jarohatlarga olib kelyapti. Ayniqsa, mast holatda transport vositalarini boşqariş oqibati ayançli yakun topişi mumkin. Köngilsiz holatlarning oldini oliş uçun har bir haydovçi va yölovçi harakat vaqtida belgilangan xavfsizlik qoidalariga töla amal qilişi lozim.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶