OʻQUVChI-YoShLAR HUQUQBUZARLIK VA JINOYaTChILIK HOLATLARIDAN XOLI BOʻLADILAR
27-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida umumiy yigʻilish oʻtkazilib, unda “Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish toʻgʻrisida” gi masala muhokama etildi.
Yigʻilishda kollej direktori Sh.Rahimberdiyev soʻzga chiqib muhokama etilayotgan masala yuzasidan toʻliq maʼlumot berdi va bu masala bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Shundan keyin kollej direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Otaboyev soʻzga chiqib, oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining oldini olish borasida olib borilayotgan va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarga keng toʻxtaldi.
Yigʻilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Allambergan JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶