OʻQITUVChI VA MURABBIYLAR KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR
29-sentyabr kuni 20-sonli umumtaʼlim maktabida “1-oktyabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan katta tadbir oʻtkazilib, unda maktabning barcha oʻqituvchilari va oʻquvchilari bilan birgalikda koʻplab faxriy ustozlar va ota-onalar ham ishtirok etishdi.
Oʻqituvchilar va murabiylar bayramiga bagʻishlangan ushbu tadbirda maktab direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Farhod Oʻrozboyev soʻzga chiqib, kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, ularning barkamol inson boʻlib voyaga yetishlariga munosib hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilar va murabbiylarni bayramlari bilan tabriklab, ularning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shundan keyin taʼlim faxriylaridan D.Polyazova, G.Allamberganova, J.Yakubova va Sh.Nurimbetovalar soʻza chiqishib, Prezidentimizning xalqparvarlik siyosatidan, taʼlim sohasi xodimlariga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrliklaridan cheksiz minnatdor ekanliklarini bildirdilar va ayni kunda faoliyat koʻrsatayotgan hamkasb shogirdlariga taʼlim sifati va samarasini oshirish yoʻlidagi harakatlariga muvaffaqiyatlar tiladilar.
Yigʻilish yakunida bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarga sovgʻalar topshirildi. Shundan keyin ular bir piyola choy ustida dildan suhbat qurdilar, maktabning yosh sanʼatkorlari tomonidan tashkil etilgan “Sizga taʼzim, aziz ustozlar!” nomli badiiy-musiqiy dasturni namoyish etdilar.
Allambergan Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶