Obod turmuş yili yangiliklari
«Obod turmuş yili» dasturi amalda
Mamlakatimizda joriy 2013-yilga «Obod turmuş yili» deb nom berilişi negizida, avvalambor, har bir odam, har bir oila, qolaversa, butun xalqimizning xayolidan örin olgan vazifalarni amalga oşiriş, taraqqiyotimizni jadallaştiriş, hayotimizni yanada farovon qiliş kabi ezgu maqsadlar mujassam. Zero, bizning yurtimizda inson aziz, uning qadr-qimmati yuksak sanaladi. Şuning uçun inson manfaati, huquq va erkinliklarini taʼminlaşdek eng muhim ustuvor vazifa «Obod turmuş yili» Davlat dasturida ham öz ifodasini topgan. Şu dastur asosida qabul qilingan tuman dasturi böyiça ötgan 10 oy davomida jami salkam 90 milliard söm va 2.7 ming AQŞ dollari miqdoridagi mablağ evaziga keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Uzluksiz taʼlim
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimiz yoşlari ham davlatimizning ğamxörlik va eʼtibori tufayli 12 yillik taʼlim tizimidagi zamonaviy bilim maskanlarida taʼlim-tarbiya olib, kasb-hunar örganmoqdalar. Farzandlarimizning yetarli şaroitlarda bilim olişi, kasb-hunar sirlarini egallaşlari uçun tumanimizdagi mavjud 75 ta umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va 8 ta kasb-hunar kollejlari, şuningdek, maktabdan taşqari tarbiya va maktabgaça taʼlim muassasalarida barça şaroitlar mavjud.
Davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligi
Davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaşda xalq deputatlari tuman Kengaşi va tuman hokimligi faoliyati töğrisidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida, şu jumladan hokimlik muassisligidagi veb-saytda eʼlon qilib boriş, uşbu axborotlarni hamma erkin foydalanişi mumkin böladigan xonalarda va joylarda joylaştiriş, şuningdek axborotdan foydalanuvçilar, nodavlat notijorat taşkilotlari vakillarining xalq deputatlari tuman Kengaşi va tuman hokimligining kollegial kengaşlarida, majlislarida iştirok etişlarini taʼminlaş kabi usullaridan foydalanilmoqda.
Ijtimoiy infratuzilma yaxşilanmoqda
Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda joriy yilda tumanimizda ham qator amaliy işlar qilindi. Jumladan, "Urganç şahri - Manğit şahri - Turkmaniston Respublikasi çegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomobil yölining 75,5-79 kilometroraliğida 4.27 mlrd. sömlik, Manğit şahri va qişloqlarda aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida jami 4.443 mlrd. sömlik quriliş va rekonstruktsiya işlari amalga oşirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶