29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 00:53
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,213

SOʻZ – MARRAGA YeTGANLARGA

SOʻZ – MARRAGA YeTGANLARGA

Bu yilgi paxta yigʻim-terim mavsumini paxtakor dehqonlar oʻzgacha kayfiyatda, koʻtarinki ruhda boshladilar. Ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi vakillari tashabbus koʻrsatib, koʻngillilardan iborat hasharchilar guruhlarini tuzdilar. Bu tashabbusni xatto Mangʻit shahri, Qipchoq va Jumurtov shaharchalari fuqarolar yigʻinlari ahli ham qoʻllab-quvvatlashdi. Qangli va Qipchoq MMTP tarkibidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida ham ana shunday tashabbuskorlar harakatiga qoʻshilgan oʻnlab koʻngilli hasharchilar guruhlari yetishtirilgan hosilni yigʻib, terib olishda paxtakorlarga yaqindan yordam berishmoqda. Natijada koʻplab ilgʻor fermer xoʻjaliklari shartnoma-rejalarini muddatidan ilgari bajarib, majburiyat hisobiga paxta topshirishmoqda.

Bizning bugungi suhbatdoshlarimiz kun sayin marraga yaqinlashayotgan va marradan oshgan ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlari boʻlishdi.

Yoʻldosh Yeshniyozov, Qipchoq MMTP tarkibidagi “Yoʻldosh Yeshniyozov” fermer xoʻjaligi rahbari: - Erta bahorda 29 gektar yerga katta umidlar bilan baraka urugʻi qadadik. Gʻoʻza unib chiqqanidan to hosil pishib-yetilguncha butun oila aʼzolarimiz va xoʻjaligimiz ishchilari tinimsiz mehnat qilishdi. Bilasiz, gʻoʻza nihoyatda parvarishtalab ekin. Buni yaxshi bilgan ijarachilarimiz mavsum davomida barcha agrotexnika qoidalariga qatʼiy amal qilishdi. Koʻrib turibsiz, dalalarimizda moʻl hosil toʻplandi. Ayni kunda ovulimiz yoshlaridan iborat koʻngilli hasharchilar ijarachi-dehqonlarimizga yaqindan yordam berishmoqda. Bugungi kungacha shartnoma-rejamizda belgilangan 67 tonnalik xirmonning 60 tonnadan ziyodini tayyorladik. Dalalarimizda kuniga 2400-2500 kilogramm paxta terilib, davlatga topshirilmoqda. Nasib qilsa, 5-oktyabrga zimmamizdagi shartnoma-rejamizni oshirib uddalaymiz.

Ilgʻor terimchilarimizdan Salomat Bekimbetova, Raʼno Polvonniyozova, Ulboʻsin Qurbonboyeva, Mohira Yoʻldosheva, Salomat Xolboyeva hamda Aqljon Qurboniyozovalar kuniga 130-140 kilogrammdan paxta terishmoqda. Terilgan har bir kilogramm paxta uchun 850 soʻmdan naqd pul berilishi terimchilar ishining yanada unumli boʻlishini taʼminlayotir.

Terimchi-hasharchilar uchun dala boshida tushlik choy, issiq ovqat tashkil etilgan. Mexanizatorlarimiz Ozod Toʻraboyev, Gulmirza Polvonov va Davlatboy Qurbonboyevlar terilgan paxtani oʻz vaqtida qabul punktlariga eltishayotir.

Dalalarimizda hosil moʻl. Maqsadimiz, yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yigʻib-terib davlatga topshirish va tumanimizning yuksak xirmoniga munosib hissa qoʻshish.

Rufat Nurullayev, Qangli MMTP tarkibidagi “Behzod - Gʻanisher” fermer xoʻjaligi raisi: - Bu yilgi yigʻim-terim mavsumiga biz ancha oldindan puxta taraddud koʻrdik. Paxta yetishtirish bilan bogʻliq barcha mavsum ishlari vaqtida bajarildi. Terimga tushishdan oldin gʻoʻza qatorlari begona oʻtlardan tozalanib, sifatli defoliatsiya qilingani bois, pishib-yetilgan koʻsaklar bir tekis ochildi. Fermer xoʻjaligimiz hududida yashovchi uyushmagan yoshlar hisobidan tuzilgan hasharchilar guruhi aʼzolari va xoʻjaligimiz ishchilarining fidokorona mehnatlari evaziga Qangli MMTPda birinchi boʻlib zimmamizdagi shartnoma-rejamizni oshirib uddaladik. Davlatga 34 gektar paxta maydonining har gektaridan salkam 30 tsentnerdan 84 tonna yuqori sifatli paxta topshirib, rejamizni YuZ foizga bajardik. Bu shartnoma-rejadagidan 7 tonna ortiq degani. Dalalarimizdan kuniga 1800-2000 kilogrammdan paxta terib olinmoqda. Ilgʻor terimchilarimiz Dilorom Jumamurodova va Zulfiya Davlatboyevalar kuniga 180-200 kilogrammdan, Matluba Jumaniyozova, Munira Qurbonboyeva, Omonboy Murodboyev, Nilufar Murodboyeva hamda Dilorom Jumamurotovalar har kuni 150-180 kilogrammdan paxta terishmoqda. Ilgʻor terimchilar orasida mavsum boshidan beri 4-5 mln soʻm daromad olganlari ham bor. Terilgan har bir kilogramm paxta uchun mavsum boshidanoq 750-800 soʻmdan ish haqi berildi. Xoʻjaligimizning paxta tayyorlash rejasi oshib borgan sari terimchilarga beriladigan ish haqini ham oshirib borganimiz oʻzining samarali natijasini berdi va yetishtirilgan hosilning barchasini birinchi navga topshirdik.

Terimchilarimizning kayfiyati baland. Chunki ayni kunda har bir kilogramm paxta uchun oʻrtacha 1100 soʻmdan haq toʻlayapmiz. Oʻz mehnati samarasidan mamnunlik hissi bilan mehnat qilayotgan terimchilarimiz fidoyiligi tufayli xoʻjaligimizda terim surʼati hamon yuqori. Mexanizatorlar Davron Nurullayev, Quvat Jumaniyozov, “Jumurtov” neftebazasiga qarashli hudud boʻyicha yonilgʻi-moylash shaxobchasi operatori Xudoybergan Chakanovlarning oʻz vazifalarini sidqidildan bajarayotganlari, terimchilar uchun dala boshida issiq ovqat tashkil etilib, doimiy ravishda choy qaynatib berilayotgani bois, ish unumi yanada yuqori boʻlmoqda.

Mavsum oxirigacha yana 10 tonna hosil yigʻishtirib olib, tumanimizning, mamlakatimizning ulkan paxta xirmoniga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA suhbatlashdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026