MARRADAN ÖZGAN VA MARRAGA YeTAYoTGAN FERMERLAR
Paxta – milliy boyligimiz, iftixorimiz. Mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakçi tarmoği. Şu bois, agrar tizimni, ayniqsa, paxtaçilikni jadal rivojlantiriş, jahon andozalari darajasidagi sifatli paxta hosilini yetiştiriş, buning uçun paxtaçilik fermer xöjaliklari tasarrufidagi ekişlik yer maydonlaridan samarali foydalaniş, paxta hosildorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligini rivojlantirişning 2020-2030-yillarga möljallangan strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi Farmoni va uşbu Farmon ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilingan 2020-yil 6-martdagi “Paxtaçilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident Qarori paxtaçilik fermer xöjaliklari faoliyatida muhim yangiliklar joriy etilişiga imkon yaratdi. Unga köra, 2020-yil hosilidan boşlab, paxta xom aşyosining xarid narxini belgilaş amaliyotidan voz keçiladigan böldi. Şuningdek, paxta xom aşyosini yetiştiruvçilarga rayonlaştirilgan ğöza navlarini erkin joylaştiriş huquqi berilib, ularni sifatli uruğlik bilan taʼminlaş maqsadida sertifikatlangan uruğlik yetkazib beriş tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çoralari körildi.
Yuqoridagi Prezident Farmoni va Qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida tumanimizdagi paxtaçilikka ixtisoslaşgan 362 ta fermer xöjaliklarining yer holatlari mutaxassislar tomonidan jiddiy örganilib, tumanimiz iqlim va tuproq şaroitiga mos serhosil, ertapişar paxta navlari tanlandi va erta bahorda jami 15250 gektar paxta maydonining asosiy qismiga F-47-27 va “Sulton” navli çigit ekildi. Fermer xöjaliklari va “Amudaryotex” paxtaçilik klaster korxonasi örtasida 34900 tonna paxta xom aşyosi yetiştirib beriş böyiça kontraktatsiya şartnomalari tuzildi.
Ayni kunlarda esa tumanimizdagi barça paxtaçilik fermer xöjaliklarida yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay yiğiştirib oliş işlari uyuşqoqlik bilan boşlab yuborildi. Şunisi quvonçliki, paxtaçilikda namunali tajriba maktabini yaratgan, vegetatsiya davrida barça agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, samarali amalga oşirgan fermer xöjaliklarida paxta yiğim-terimi yuqori surʼatlarda olib borilmoqda.
Örta qalʼa ovuli hududidagi “Yerlapas” fermer xöjaligini nafaqat tumanimizda, balki Respublikamizda yuqori hosilli, ilğor xöjalik sifatida yaxşi bilişadi. Xöjalik paxtakorlari atigi bir neça iş kunida tumanda birinçi bölib şartnomaviy rejasini bajardilar. Işning közini biladigan tajribali dehqon, fermer xöjaligi rahbari Azimboy Yerlapasov erta bahordanoq dala işlarini şaxsiy nazorati ostida amalga oşirdi. 15 gektar paxta maydonini 12 nafar pudratçiga teng taqsimlab berdi. Yerni ekişga tayyorlaşdan tortib, barça agrotexnik tadbirlarga özi boş-qoş böldi. Ğözani tunda, şarbat usulida suğorişga alohida ahamiyat qaratdi. Natija esa kutilganidan ziyoda böldi. Bugun mana bu dalalarda qiyğos oçilgan har bir çanoq paxta möl hosildan dalolat berib turibdi. Xöjalik paxtakorlari şartnomaviy rejadagi 35 tonna örniga 40 tonna yuqori sifatli paxta xom aşyosi yetiştirişdi. Reja bajarilgan kuni “Amudaryotex” xususiy klaster korxonasi direktori örinbosari Rahimboy Jumaboyev xöjalik dalalarida bölib, fermer xöjaligi rahbari Azimboy Yerlapasov va ilğor terimçilarni erişilgan yutuq bilan tabrikladi va ularga klaster korxona tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovğalarni topşirdi.
Bugun tumanimizning qaysi hududiga bormang, qizğin mehnat pallasiga guvoh bölasiz. Közlarni quvontirib, oppoq oçilgan paxtazorlar aro biri-biridan qolişmay paxta terayotgan pudratçi-terimçilar va köngilli haşarçilarning fidoyiliklariga tahsin aytmay ilojingiz yöq.
Qiliçboy azal-azaldan usta paxtakorlar, mohir dehqonlar yurti. Qoramon mahallasi hududidagi “Ruslan Rahimov” fermer xöjaligi paxtakorlari esa Qiliçboy mavzesida hamişa peşqadam. Asosan paxtaçilikka ixtisoslaşgan mazkur xöjalik bilan “Amudaryotex” xususiy klaster korxonasi örtasida tuzilgan kontraktatsiya şartnomasiga köra, 78 gektar yerdan 182 tonna paxta xom aşyosi yetkazib beriş rejalaştirilgan. Xöjalik dalalarida 70 nafar pudratçi mehnat qiladi. Ularning fidoyiliklari bois dalalarda rejaga yaraşa möl hosil yetiştirildi. Yiğim-terim surʼati esa yuqori. Ilğor terimçi Dilnoza Bekimbetova terimning birinçi haftasidayoq 1 tonnadan ziyod paxta terib, dugonalariga örnak bölmoqda. U xöjalik xirmoniga kuniga 150-160 kilogrammdan paxta terib tökmoqda. Zamira Yeşçanova, Dilbar Yeşniyozova, Nilufar Yeşmurodovalar esa har biri kuniga örtaça 120-140 kilogrammdan paxta terişib, xöjalik xirmonining yuksalişiga öz hissalarini qöşişmoqda.
Xöjalik dalalarida pudratçilardan taşqari, 182 nafar köngilli aholi guruhi ham hosilni yiğib-terib oliş işlarida iştirok etişmoqda. Örta hisobda 170-180 nafar terimçilar yiğim-terimda iştirok etişib, ularning yordami bilan kuniga 20-25 tonna paxta hosili sifatli terib olinib, qabul punktlariga topşirilmoqda.
Yiğim-terim jarayonining töğri taşkil etilgani, terimçilar va köngilli haşarçilar uçun yaratilgan namunali şart-şaroitlar tufayli terim surʼati kun sayin ösmoqda. Xöjalik paxtazorlaridan 16-sentyabr kunigaça 100 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosili terib olinib, tumanimizning umumiy xirmoniga armuğon etildi. Fermer xöjaligi rahbari Ruslan Rahimovning hisob-kitobiga köra, 19-20-sentyabr sanasiga şartnomaviy rejani uddalaş imkoniyati bor. Yiğim-terim jarayonidagi yuqori surʼat ham bundan dalolat bermoqda.
Ayni kunlarda tumanimiz fermer xöjaliklari dalalarida yetiştirilgan paxta hosilini yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan sifatli yiğib-terib oliş borasidagi mavsum işlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Tumanimizning 34900 tonnalik yuksak “oq oltin” xirmonini bunyod etiş iştiyoqida mehnat qilayotgan fermerlar va pudratçi-dehqonlar hamda paxta-yiğim terimida iştirok etayotgan köngilli haşarçilarga:
- Ğayrat-şijoatingizga balli, aziz paxtakorlar, qadrli yurtdoşlar! – deymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶