28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 466

MARRAGA YaQINLAShAYoTGAN FERMERLAR

MARRAGA YaQINLAShAYoTGAN FERMERLAR

Ayni kunlarda butun mamlakatimizda paxtakor dehqonlar uchun gʻalvir suvdan koʻtariladigan palla – “Paxta - 2021” kampaniyasi qizgʻin davom etmoqda. Paxtakorlarga beminnat xizmat koʻrsatish, yigʻim-terimda ishtirok etayotgan ijarachi-dehqonlar va koʻngilli hasharchilarning vaqtida tushlik qilishlari, tergan paxtalarini muammosiz tarozida tortib olish, dala boshida koʻngilli tushlik qiluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tufayli paxtachilik fermer xoʻjaliklarida terim surʼati tobora oshmoqda.

Amudaryo tumanidagi “Toʻlqin” ovulida ham yigʻim-terim kampaniyasi yuksak tashkilotchilik va jipslik bilan davom etmoqda. Ovul hududida 13 ta paxtachilik fermer xoʻjaliklari boʻlib, erta bahorda 625 gektar maydonga chigit ekildi. Gʻoʻza vegetatsiyasi davrida barcha mavsum ishlari agrotexnika qoidalariga muvofiq amalga oshirildi.

Mazkur dehqonchilik yilining avvalgi yillarga nisbatan ancha qurgʻoqchil kelishi fermer xoʻjaliklari rahbarlari va ijarachi-dehqonlarni ancha qiynab qoʻydi. Shunday murakkab sharoitda ham har qatra suvning qadriga yetib, gʻoʻzani sugʻorish, oziqlantirish ishlarini kecha-yu kunduz, aniq reja asosida tashkil etgan fermerlar va fermer xoʻjaliklari mutaxassislari hamda ijarachi dehqonlarning bugungi yetishtirilgan hosildan koʻngillari toʻq.

Ovul boʻyicha davlatga 625 gektar yerdan shartnomadagi 1930 tonna paxta topshirish niyatida mehnat qilayotgan toʻlqinliklar ayni paytda dalalaridan kuniga 70-80 tonnalik yuqori sifatli paxta terib olishga erishmoqdalar. Fermer xoʻjaliklari dalalarida har kuni 850-900 nafar terimchi ishtirok etishmoqda.

Toʻlqinlik fermerlar paxta yigʻim-terimi bilan birga 510 gektar maydonda kuzgi bugʻdoy ekish ishlarini barvaqt yakunlab, ayni paytda bir tekis  unib chiqqan bugʻdoy maysalarini zararkunanda hasharotlardan himoya qilish, bugʻdoyzorlarda zararkunandalarga qarshi ishlov berish kabi mavsum yumushlarini ham sifatli amalga oshirishmoqda.

Ovul hududidagi “Ahmedov Rajabboy” fermer xoʻjaligiga Rufat Ahmedov rahbarlik qiladi. Erta bahorda 90 gektar yerga serhosil va ertapishar “Sulton” navli chigit ekkan xoʻjalik dehqonlari ayni kunlarda yil boʻyi qilingan samarali mehnatlari mevasi shartnomadagi 288 tonnalik yuksak hosil xirmonini yaratish niyatida fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda. Paxta yigʻim-terimida 82 nafar ijarachi-ishchilardan tashqari, toʻlqinlik koʻngilli hasharchi-yoshlar ham ishtirok etishmoqda.

Yigʻim-terim ishlarining toʻgʻri  tashkil etilgani, terimchilar va koʻngilli hasharchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, terilgan har bir kilo paxta uchun ish haqlari oʻz vaqtida hisob-kitob qilinib, borilayotgani tufayli terim surʼati yuqori.

Fermer xoʻjaligida paxtachilikdan tashqari, gʻallachilik sohasida ham salmoqli natijalarga erishilmoqda. Ayni kunda 25 gektar maydondagi kuzgi bugʻdoyzorlarda nihollar bir tekis unib chiqib, baravj oʻsmoqda.

Xoʻjalikning paxta dalalari esa ijarachi-dehqonlar va toʻlqinlik koʻngilli hasharchilar uchun chinakkam rizq-roʻz va baraka manbaiga aylangan. Terilgan paxtasi uchun oʻz vaqtida ish haqlarini hisob-kitob qilib olayotgan terimchilarning kayfiyatlari baland. Bu esa paxta yigʻim-terimining kunlik oʻsishini taʼminlamoqda. Fermer xoʻjalining ilgʻor terimchilari Gulsara Yernazarova hamda Gulbahor Toʻraboyevalar kuniga 150-170 kilogrammdan paxta terishmoqda.

Oq oltin ovulidagi Davronbek Xolmenov rahbarligidagi “Gavhar Yoqubova”  fermer xoʻjaligi dalalarida ham yigʻim-terim mavsumi hamjihatlik bilan olib borilmoqda.

Joriy dehqonchilik yilida 90 gektar yerga “Mangʻit-1” navli chigit ekkan xoʻjalik dehqonlari 287 tonnalik xirmon koʻtarish niyatida fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda. Ayni paytda 150 nafar terimchi xoʻjalik dalalaridan kuniga 10-15 tonna paxtani yigʻib-terib davlatga topshirayotgan fermer xoʻjaligi ishchilarining shahdlari baland. Ular 287 tonnalik shartnomaviy rejalarini yana bir haftaga uddalashga ahd qilishgan.

Ilgʻor terimchilardan Sabohatxon Ismoilova hamda Sayyoraxon Shomurodovalar kuniga 120-130 kilogrammdan paxta terishib, tengdoshlariga oʻrnak boʻlishmoqda.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026