Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi oshirilmoqda
Mamlakatimizda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni taʼminlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sogʻlom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal surʼatlar bilan amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish, investorlarning bu boradagi davlat siyosatining izchilligiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining masʼuliyatini oshirish maqsadida insofli faoliyat yuritgan investor va tadbirkorlik subʼektiga davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan ularga nisbatan qabul qilingan maʼmuriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonishi sababli kelib chiqqan mulkiy zararning oʻrni qoplanadi, agarda ushbu hujjatning qonuniy kuchiga ishonib mol-mulkdan foydalangan, bitim tuzgan yoki taqdim etilgan afzallik va ustunliklardan boshqacha tarzda foydalangan hamda mazkur hujjat keyinchalik haqiqiy emas deb topilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, davlat organi (mansabdor shaxs)ning maʼmuriy hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi, agar u insofli investor va tadbirkorlik subʼektining qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa, sud tartibida koʻrib chiqiladi, uning saqlab qolinishi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan hollar bundan mustasno.
Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 1-avgustdagi 5495-sonli Farmoni bilan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi toʻgʻrisidagi talabni bekor qilish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million soʻmdan 400 million soʻmgacha kamaytirish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish, aktsiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 400 million soʻm miqdorida belgilash joriy qilindi.
Umida Saparbayeva
Tuman davlat xizmatlari
markazi boʻlim boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶