KORRUPTsIYa – ISLOHOTLAR YOʻLIGA TOʻSIQ BOʻLADIGAN ILLAT
Korruptsiya dunyoning barcha davlatlari uchun katta muammo tugʻdirayotgan huquqbuzarlik turi boʻlib, mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga taʼsir etadi.
Mamlakatimizda korruptsiyaning salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich ushbu illatga qarshi kurashish, uning profilaktikasi boʻyicha milliy qonunchilik takomillashtirilib, xalqaro meʼyorlarga muvofiqlashtirilib borilmoqda.
Olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshishiga zamin yaratuvchi va korruptsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan, Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni shular jumlasidan.
Qonunda “korruptsiyaga oid huquqbuzarlik” va “manfaatlar toʻqnashuvi” kabi milliy qonunchiligimiz uchun yangi tushunchalar kiritilgan.
Unda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkinligi koʻrsatilib, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari belgilanib qoʻyilgan.
Shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ham belgilangan.
Davlat organlarining va oʻzga tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, oʻz mansab yoki xizmat majburiyatlarini begʻarazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korruptsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan oʻzini tiyishi shart ekanligi ham koʻrsatilgan.
Ushbu Qonun mamlakatimiz tarixida davlatning qonun chiqaruvchi vakillik organi tomonidan qabul qilingan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yaxlit koʻrinishdagi birinchi Qonun hisoblanadi. Davlatimizda amalga oshirilayotgan bunday saʼy-harakatlarning barchasidan kutilayotgan pirovard natija bu – jamiyatda adolatsizlikka barham berishdir.
Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, korruptsiyaning kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, qonunlarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash, korruptsiyani keltirib chiqaruvchi holatlarning oldini olish chora-larini koʻrish har bir davlat organi masʼul shaxslarining, qolaversa, barchamizning burchimizdir.
Erkinboy UTENIYaZOV,
Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶