Tadbirkor – elga madadkor degani
Işning közini bilgan, tadbirli kişini Amir Temur bobomiz ham qadrlagan, uluğlagan.
Ha, işning közini bilib, şunga intilgan, halol mehnat qilgan odam ming-minglab yurtdoşlariga xizmat qila olişi mumkinligini hayotimizning özi körsatib turibdi.
Yaxşi işlar haqida orzu qilişning özi yetarli emas, balki intiliş qiyinçiliklardan çöçimay, olğa intiliş kerak.
Şunisi quvonarliki, intilgan, mehnat qilgan odam mamlakatimizda öz mehnati samarasini ham köradi, badavlat umr keçiradi.
Men tuman hokimligining qöllab-quvvatlaşi bilan kredit hisobiga avtomaşinalarga yoqilği quyiş şoxobçasini qurib boşlagan vaqtlarimda işim özini oqlab ketarmikan? – degan öylar neça bor könglimdan ötgan. Xudoga şukurki, ota-onam, aka-ukalarimning daldasi bilan işni yölga qöyib oldim. 73-sonli avtomaşinalarga yonilği quyiş şoxobçasi işlaridan könglim tölib, xizmat turlarini köpaytiriş haqida öyladim va şoxobça yonida avtomaşinalarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasini ham işga tuşirdim. Bu yerda turli rusumdagi avtomaşinalarning motori, kuzovidan tortib barça qismlari taʼmirlanayapti va jalb qilgan malakali ustalarimiz xizmatidan barça taşrif buyuruvçilar mamnun bölişayapti. Topgan daromadlarim hisobiga oilam heç narsaga zoriqmaydi. Farzandlarimning öqib ilm olişlariga yetarliça ğamxörlik qilaman.
Öz qobiliyatlariga yaraşa tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanuvçilar uçun mamlakatimizda qonuniy asoslar mavjud. Ayniqsa, Asosiy Qonunimizda: "Har bir şaxs mulkdor bölişga haqli”, deya körsatilgani tadbirkorlar, mulkdorlar safining tobora kengayişiga, xizmat körsatiş
turlari köpayib, sifati yaxşilanişiga zamin bölayotir.
Hozir tumanimizning qaysi hududida bölmang, yöllarda avtomaşinalarning serqatnovligini körasiz. Har ikki oiladan biri öz avtomaşinasiga ega. Şularni ino-batga olsak, yonilği quyiş, texnik xizmat körsatiş şoxobçalariga ehtiyoj qançalik kuçli ekanligi öz-özidan ayon böladi. Faoliyatimni yanada kengaytiriş rejalarim ham bor.
Anvar OLLOQULOV,
"Anvar Kalta” masʼuliyati çeklangan jamiyati raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶