SUGʻURTA XIZMATLARI: UNING AHAMIYaTI NIMADA?
“Oʻzagrosugʻurta” davlat aktsiyadorlik sugʻurta kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-fevraldagi 1713-sonli “Oʻzagrosugʻurta” davlat aktsiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni asosida tashkil etilgan va Vazirlar mahkamasining 125-sonli qarorida kompaniyaning asosiy faoliyat yoʻnalishlari belgilab berilgan boʻlib, taʼsischilari Moliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi “Agrobank”, “Qishloqqurilishbank” hisoblanadi.
Kompaniyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining bizning tumanimizdagi boʻlimi asosiy faoliyati huquqiy va jismoniy shaxslarga barcha turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishdan iborat. Jumladan, fermer xoʻjaliklari ekinlarini, paxta, gʻalla ekinlarini, chorva mollarini, aholining mol-mulki va imoratlarini har xil tabiiy ofatlardan sugʻurtalash, korxona va tashkilotlar mol-mulki va imoratlarini, transport vositalarini ixtiyoriy va majburiy sugʻurtalash, ishchi-xizmatchi xodimlarni xizmat jarayonida roʻy berishi mumkin boʻlgan turli tasodifiy baxtsiz hodisalardan va aholini oilaviy sugʻurtalashni amalga oshiradi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning chorva mollari, imorati, mol-mulkini tabiiy ofatlar natijasida yetishi mumkin boʻlgan zararlardan sugʻurtalash natijasida yetkazilgan zarar qoplab beriladi. Mol-mulk sugʻurtasini amalga oshirgan jismoniy va yuridik shaxslar baxtsiz hodisalar va turli tabiiy ofatlar tufayli yetkazilgan moddiy zararni “Oʻzagrosugʻurta”dan qoplab olishlari mumkin.
Boʻlimimizning “Agrobank” tuman filialida oʻz hisob raqami mavjud boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarga 100 xildan ortiq sugʻurta xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda.
2018-yilning oʻtgan 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sugʻurta yuzasidan 7904 ta shartnomalar imzolandi, 5283,3 ming soʻm miqdoridagi sugʻurta qoplamasi zarar koʻrgan shaxslarga tshlab berildi. Natijada bu boradagi reja 131 foizdan oshirib ado etildi.
Shunisi eʼtiborga molikki, keyingi yillarda “Oʻzagrosugʻurta” AJ sugʻurta kompaniyasi mijozlari tobora ortib bormoqda. Bu koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari yurtdoshlarimizga manzur boʻlayotganidan dalolat beradi.
Hayot tasodiflarga toʻla. Baʼzan inson oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda ham koʻngilsiz hodisalarga uchrashi, mol-mulkiga ziyon yetishi mumkin. Bizning kompaniyamiz shunday damlarda agar sugʻurta shartnomasi imzolangan boʻlsa, koʻrilgan zararlarni qoplab beradi.
Mijozlarga keng qamrovli, sifatli sugʻurta xizmatlari koʻrsatayotganimizdan xursandmiz.
Baxtiyor Jumanov, “Oʻzagrosugʻurta” AJning
Amudaryo tumani boʻlimi menedjeri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶