Sport
👁 966
UCh MAHALLA YoSh AYoL-QIZLARI “QUVNOQ STARTLAR”DA KUCh SINAShDI




Joriy haftada oʻtkazilayotgan “Xotin-qizlar sport haftaligi” doirasida 3-sonli Amudaryo akademik litseyi sport zalida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Unda Mangʻit shahrining Yangiobod, Farovon va Boyovul mahallalarining 5 nafardan sportsevar yosh ayol-qizlari qatnashdilar.
4 ta shart boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa ishtirokchilari gʻoliblik uchun astoydil intilishgani uchun juda taassurotlarga boy boʻldi.
Qizgʻin kechgan bellashuvlar natijasiga koʻra, Yangiobod mahallasi ayol-qizlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ular “Quvnoq startlar”da jiddiy kurash olib borganliklari va raqib jamoalar aʼzolariga nisbatan shartlarni yaxshi va tez bajarishga erishganliklari uchun munosib taqdirlandilar.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶