DAVO ÇORALARINING AVVALI – SAMIMIYLIK
Şifokorlik – öta masʼuliyatli, şu bilan birga şarafli kasb. Insonlar köngliga yöl topib, dardlariga malham bölib yaşaş – şifokorning hayot mazmuni. Rustam Jumaniyozov har gal özi rahbarlik qilayotgan rejali jarrohlik bölimida davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlaşganida, ularning umid töla nigohlariga boqqanida doimo könglidan bir öy keçadi: “inson – aziz, uning soğligi yanayam aziz, şu aziz insonlar közlaridagi umid heç qaçon sönmasligi kerak”.
Tuman Tibbiyot birlaşmasining rejali jarrohlik bölimi şifokorlari uçun kun-u tun iş jarayonlari qizğin keçadi. 30 ta öringa möljallangan bölim tarkibida 20 ta jarrohlik va 10 ta urologik koykalar mavjud. Asosan rejali jarrohlik xizmatini amalga oşirişga möljallangan bölim uzluksiz issiqlik taʼminotiga ega. Barça xonalar tibbiy qoplamalar va zamonaviy funktsional anjomlar bilan jihozlangan. Bölim toza va yiringli sektorlarga ajratilib, boğlaş xonalari ham alohida joylaştirilgan. Jarrohlik bölmasida anesteziolog, material tayyorlaş, jarrohlik amaliyotidan oldingi yuviniş xonalari hamda jarrohlik zali joylaşgan bölib, mazkur bölma eng zamonaviy tibbiy anjomlar bilan taʼminlangani bölimda davolanişni istovçi bemorlarda mamnuniyat hissini uyğotmoqda.
Rejali jarrohlik bölimida barça şart-şaroitlar mavjudligi nafaqat şifokorlar uçun, balki bemorlar uçun ham ança qulayliklar yaratadi.
Bemorlar köngliga yöl topib, mehrini qozonayotgan bölim şifokorlarining mehnatlari tahsinga loyiq. Oliy toifali şifokorlar – bölim mudiri Rustam Jumaniyozov, ordinator şifokor-jarroh Baxtiyor Yavidov, malakali jarroh Komiljon Bobojonov, bolalar jarrohi Şukurulla Ismoilov, urolog-şifokor Ş.Jumaniyozovlarni xalqimiz “qöli yengil şifokorlar”- deya olqişlaydilar. Aynan şu şifokorlar va bölimda faoliyat olib borayotgan barça örta va kiçik tibbiyot hamşiralarining fidoyiliklari tufayli 2018-yil boşidan beri 481 ta jarrohlik amaliyotining barçasi muvaffaqiyatli amalga oşirilib, turli xil jarrohlik kasalliklari bilan davolangan 1085 nafar bemorning soğligi tiklanib, soğlom hayotga qaytarildi.
– Maqtaniş emas-u, bölimimiz şifokorlari sifatli tibbiy yordam körsatiş, davolaş işlarini olib borişda har qanday malakali mutaxassislardan kam emas. Sababi, şifokorlarimizning barçasi öz ustlarida tinimsiz işlaydilar, uzluksiz ravişda malakalarini oşirib bormoqdalar. Bundan ham muhimi, bölimimiz jamoasi har qanday vaziyatda ham qalblarida katta hurmat va samimiyat hissi bilan mehnat kunlarini boşlaydilar, – deydi bölim mudiri Rustam Jumaniyozov. – Men fursatdan foydalanib, ana şunday samimiy qalbli kasbdoşlarimizni, hurmatli ustozlarimizni anʼanaviy kasb bayramlari bilan çin dildan tabriklayman. Tilagim, insonlar xoh u bemor bölsin, xoh şifokor – hamişa soğlom, samimiy bölsinlar!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶