Sanitariya nazorati tibbiy madaniyat yuksalişiga xizmat qiladi
Kundalik turmuş tarzini reja asosida taşkil etiş, töğri va soğlom ovqatlaniş, aqliy va jismoniy mehnatni birgalikda mutanosib olib boriş, tölaqonli uyqu va vaqtida dam oliş, şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qiliş soğlom turmuş tarzining asosiy mezoni hisoblanadi. Insonning jismoniy, maʼnaviy-ruhiy va tibbiy holati uyğunligi orqali jismoniy, ijtimoiy farovonlik va maʼnaviy xotirjamlikka erişiladi.
Soğlom hayot keçirişning bu kabi qoidalari tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi xodimlari tomonidan aholi örtasida muntazam ravişda tarğib etib kelinmoqda. Tibbiyot, öquv-tarbiya muassasalari, mahalla va jamoat joylarida soğlom ovqatlaniş, zararli odatlardan saqlaniş, gigiyenik könikmalarni şakllantiriş böyiça davra suhbatlari, maʼruzalar va seminarlar taşkil etib borilmoqda. Aholi örtasida aniqlangan yuqumli kasalliklar öçoqlarida ularning kelib çiqiş sabablari aniqlanib, kasallikni bartaraf qiliş çoralari körilmoqda.
Atrof-muhitni himoya qilişni taʼminlaş tizimida qabul qilingan qonunlar ijrosi yuzasidan qator işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Özbekiston Respublikasi «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi töğrisida»gi Qonunining 14-moddasiga asosan tumandagi fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari hamda korxona, muassasa va taşkilotlarga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda hududlarni obodonlaştiriş, çiqindilarning öz vaqtida olib ketilişini taʼminlaş masalalari yuzasidan tavsiyalar berib borilmoqda.
Aholi yaşaş punktlari, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari hamda xonadonlarda sanitariya-tozalaş işlarini taşkil qiliş, çiqindilarni öz vaqtida taşqariga çiqarişni taʼminlaşga masʼul korxona, taşkilotlar işlarini nazorat qiliş borasida ham tuman hokimligidan biriktirilgan masʼul xodimlar bilan hamkorlikda qator işlar amalga oşirilmoqda. Barça mahallalarda yiğilişlar ötkazilib, aholi örtasida soğlikni saqlaş, yuqumli kasalliklarning oldini oliş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, hududlarni obodonlaştiriş, oilada soğlom muhitni şakllantiriş böyiça uçraşuvlar taşkil qilinib, keng kölamda tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi va mavjud muammolar öz vaqtida bartaraf qilindi.
Tozalik – soğlik garovidir. Atrof-muhit tozaligiga alohida eʼtibor berib, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etiş orqali soğlom turmuş tarzini yaratiş esa salomatlik va uzoq umr körişning yagona, işonçli yölidir. Sanitariya madaniyatini tarğib qiliş bizning asosiy vazifamizdir
Durbek BOBOJANOV,
tuman DSENM boş şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶