Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar mahkamasi raisining oʻrinbosari Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi (+video)
14-noyabr kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh Vaziri oʻrinbosari, Pespublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.
Mehmon dastlab Mangʻit shahrining Durunki mahallasida qarovsiz yotgan binoda taʼmirlash ishlari olib borilib, kerakli jihozlar, tikuv mashinalari olib kelingan va shu kuni foydalanishga topshirilgan tikuvchilik tsexining tantanali ochilish marosimida qatnashdi. Tsexda 10 nafar mohir tikuvchi qizlar oʻz faoliyatlarini boshladilar.
Bosh vazir oʻrinbosari T.Norboyeva boshchiligida mehmonlar Mangʻit shahridagi 9-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib, bir guruh ayollar bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida xotin-qizlarimizning jamiyatimizda tutgan oʻrni, ularning barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtiroki haqida, ularga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar haqida soʻz bordi.
Shundan soʻng soʻzga chiqqan onaxonlar xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi gʻamxoʻrliklar uchun davlatimizdan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevdan cheksiz minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.
Uchrashuvda nogironligi boʻlgan, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan bir guruh ayol-qizlarga sovutgich, tikuv mashinasi, gaz plitasi va boshqa maishiy texnikalar sovgʻa qilindi.
Bu sana Turkmanistondan kelin boʻlib tushgan, Oʻzbekistonda shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmaganligi sababli bir necha yillardan buyon farzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishda muammolarga duch kelayotgan Pavshanoy Bozorboyeva uchun ham esda qolarli kun boʻldi. Uning farzandlari Zilola va Umida Safarboyevalarga shu kuni tugʻilganlik haqidagi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi.
Uchrashuv yakunida tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.
Mehmonlar “Boyovul” mahallasida yashovchi, bolalikdan nogiron Yulduz Gabduxabirovaning xonadoniga ham tashrif buyurdilar. Tanzila Norboyeva Yulduzning orzu-niyatlari, qiziqishlari bilan tanishib, u bilan suhbatlashdi. Yulduz chizayotgan turli rasmlarni koʻrib, bu rasmlarni maktabgacha taʼlim muassasalari va boshqa joylarda ommalashtirib, uning iqtidoridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, tuman hokimligi nomidan xonadon egalariga kir yuvish mashinasi sovgʻa qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶