“Xizmat – beminnat” loyihasi yoshlarni bepul oliy oʻquv yurtlariga tayyorlaydi

Mamlakatimizda yoshlar istiqboli, kelajagi yoʻlida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani bu boradagi ishlar koʻlami samaradorligini yanada oshirdi.
Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan qator loyihalar bugun juda koʻplab yoshlarni oʻz atrofiga jamlab, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishlarida, kasb-hunar egallashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, partiya tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini turli xil fan va kasb-hunar toʻgaraklariga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Xizmat – beminnat” loyihasi amalda oʻz samarasini bermoqda.Partiyaning “Xizmat - beminnat” loyihasi OʻzMTDP dasturiy vazifalari hamda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida yoshlarga oid belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi va “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunlar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasidaOʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 6 ta bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslarida 70 dan ziyod yoshlar bepul taʼlim olib kelmoqda, shundan 23 nafar uyushmagan, 23 nafar fanlardan oʻzlashtirishi past va 27 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlaridir. Oʻquv kurslariga 6 nafar koʻngilli oʻqituvchilar rahbarlik qilishmoqda.
“Xizmat - beminnat” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi, Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi koʻkrak nishoni sohibi, kollej oʻqituvchisi Azimboy Safarbayev tomonidan 7 nafar kam taʼminlangan oila farzandlarining 11 oy davomida bepul taʼlim olishi yoʻlga qoʻyildi.
Loyihani tashkil etishdan maqsad mahallalarda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy jixatdan shakllanishi, intellektual, ijodiy, jismoniy, ahloqiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatlari kamol topishiga koʻmaklashish va shart-sharoitlar yaratish, ular ongida sogʻlom turmush tarziga intilishni shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni ahloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlar va gʻoyalardan himoya qilishga munosib xissa qoʻshishdir.
“Xizmat - beminnat” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbir soʻngida mazkur loyiha tumandagi uyushmagan yoshlarning intelektual, ijodiy, jismoniy salohiyatini kamol toptirishga koʻmaklashish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi taʼkidlab oʻtildi.
Sh.YaNGIBOYeVA, OʻzMTDP tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶