Deputatlikka nomzodlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tumanimizda 32-saylov okrugidaboʻshab qolgan oʻringa Qoraqalpogʻiston RespublikasiJoʻqorgʻi Kengesi deputati saylovini 25-noyabr kunida oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilgan edi.
Shu kungacha boʻshab qolgan oʻringa Qoraqalpogʻiston RespublikasiJoʻqorgʻi Kengesi deputati saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi tuzilib, saylovni ochiq, shaffof va uyushqoqlik bilan oʻtkazish yuzasidan koʻpgina chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga deputatlikka nomzodlarni roʻyxatga olish haqida siyosiy partiyalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashlari tomonidan tavsiya qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, roʻyxatga olgan nomzodlari bilan aholini keng tanishtirmoqdalar. Roʻyxatga olingan ikkala nomzod, yaʼni Jarimbetov Iskender Utegenovich va Irisbekova Kommuna Narinbayevnalar haqida aholiga saylov qonunchiligiga asosan batafsil maʼlumotlar berilmoqda.
Shu yilning 22-noyabrida 32-sonli “Qilichboy” saylov okrugida boʻshab qolgan oʻringa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga deputatlikka nomzod qilib roʻyxatga olingan Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi ijroiya qoʻmitasi devonining mafkuraviy va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi Jarimbetov Iskender Utegenovich va Oʻzbekiston Respublikasi “Aloqabank” aktsiyadorlik tijorat banki boshqaruvi boshligʻi Irisbekova Kammuna Narinboyevnalar bilan saylovchilarning uchrashuv yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv yigʻilishida 32-sonli “Qilichboy” okrug saylov komissiyasi aʼzolari, tuman hokimligi masʼul xodimlari, saylovchilar, 32-saylov okrugida boʻshab qolgan oʻringa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillari ishtirok etdilar.
Dastlab, deputatlikka Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Iskender Jarimbetov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan koʻrsatilgan nomzod Kammuna Irisbekovalar oʻzlarining saylovoldi dasturi bilan saylovchilarni tanishdilar.
Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari ularning tarjimai holi, mehnat faoliyati va saylovoldi dasturi yuzasidan batafsil soʻzlab, saylovchilarni oʻz nomzodiga ovoz berishga chaqirdilar.
Yigʻilish kun tartibidagi masala yuzasidan saylovchilar Ozod Ahmedov, Muhayyo Oʻrinboyeva, Amina Yusupovalar oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda shu yil 25-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga deputati saylovida saylov huquqiga ega boʻlgan barcha saylovchilarni faol ishtirok etishga, eng munosib nomzod uchun ovoz berishga chaqirdilar.
Deputatlikka nomzodlar bilan boʻlgan uchrashuv yigʻilishi barcha ishtirokchilarning saylovga doir faol munosabatini shakllantirishga xizmat qildi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶