XALQ OSOYIShTALIGI YOʻLIDA
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning hayʼat yigʻilishi qarorlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarning ijrosini taʼminlash maqsadida tuman IIB Qoʻriqlash boʻlinmasi tomonidan koʻplab ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda 4 ta qorovullik obʼekti va 83 ta obʼekt texnik qoʻriqlash punkti tomonidan, 94 ta fuqarolar xonadonlari hamda boshqa tashkilotlardan 5 tasi boʻlimimiz tomonidan ishonchli qoʻriqlanib kelinmoqda.
Shuningdek, shaxsiy tarkib tomonidan tartib-intizomni mustahkamlash hamda qonun buzilishining oldini olish maqsadida rahbar xodimlari, guruh sardorlari tomonidan yak-ka tartibdagi tarbiyaviy ishlarga alohida eʼtibor berilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi IIVning qaror va buyruqlariga asosan jamoat joylarida, fuqarolar xonadonlarida, muassasa, korxona va tashkilotlarda targʻibot-tashviqot ishlari, suhbatlar va uchrashuvlar tashkillashtirilib, bunday tadbirlar reja asosida muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.
Xodimlarning xizmat tayyorgarligi va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida belgilangan reja asosida joriy yilda boʻlinma tomonidan qoʻriqlanayotgan obʼektlarda 26 ta maxsus taktik amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Qoʻriqlash naryadlari tomonidan obʼektlarni ishonchli qoʻriqlash va xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar natijasida joylarda oʻgʻirlik va boshqa koʻngilsiz hodisalar yuz berishining oldi olinmoqda. Hozirgi kunda joylarda inson huquqlarini himoya qilish borasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil 11-avgustdan 12-avgustga oʻtar kechasi Mangʻit shahrining Buyuk Turon koʻchasi boʻylab joylashgan bir necha doʻkonlarning yonib ketishi oqibatida boʻlim texnik qoʻriqlash punkti tomonidan qoʻriqlanayotgan yakka tadbirkor Baxtiyor Gʻulomov va “Mangʻit invest plyus” MChJning obʼektlaridagi qimmatbaho mulklar, moddiy boyliklar yongʻindan saqlab qolinib, oʻz egalariga topshirildi. Mana shu munosabat bilan 3 nafar xodimimiz ragʻbatlantirildi. Bunday misollarni koʻplab keltirishimiz mumkin. Maqsadimiz – qoʻriqlanayotgan obʼektlar daxlsizligini saqlash va xalqimiz osoyishtaligini taʼminlashga oʻz hissamizni qoʻshish.
Madrimov, tuman IIB Qoʻriqlash boʻlinmasi boshligʻi, kapitan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶