Nilufar Navoiy asarlari bilimdoni
2018-yil 23-noyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Madaniyat saroyida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda “Navoiy vorislari” Respublika koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi oʻtkazildi.
Tanlovda partiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi va barcha shahar va tuman Kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlim vazirligi xodimlari, tanlovning Nukus shahar va barcha tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan maktab oʻquvchilariva ularning ustozlari, partiya faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, Alisher Navoiy hayoti va ijodini oʻrganish, asarlari mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, navqiron avlod ongiga chuqur singdirish, oʻzbek mumtoz adabiyoti, oʻzbek milliy maʼnaviyatining rivojlanishida Navoiy ijodini tom maʼnoda xalq mulkiga aylantirish hamda xalq taʼlimi tizimida jonbozlik koʻrsatayotgan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishdir.
Tanlov ishtirokchilari eng koʻp gʻazal yod olish, gʻazalni bexato va ifodali oʻqish, gʻazal matnining nasriy bayoni (yozma sharhi)ni yarata olish qobiliyatlarini namoyon etdilar
4-shart: gʻazal matnidagi tushunish qiyin boʻlgan soʻzlarni izohlab bera olish.
Tanlovda maktab oʻquvchilari ishtirokida Navoiy asarlaridan sahna koʻrinishlari ijro etildi.
Tanlov yakunida Taxtakoʻpir tumani 2-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi Nilufar Jaqsilikova 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllama oldi. Shuningdek, tanlovda 2-oʻrinni tumanimizdagi 18-sonli maktab oʻquvchisi Nilufar Turkmanbayeva, 3-oʻrinni Ellikqalʼa tumanidagi 37-sonli maktab oʻquvchisi Zilola Egamberdiyevalar egallashdi. Gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sh.YaNGIBOYeVA, OʻzMTDP tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶