Jamiyat
👁 411
Joriy yilning 9 oyi davomida tumanda 486 ta uy–joy foydalanishga topshirildi
2018-yil yanvar–sentyabr oylarida Amudaryo tumani boʻyicha umumiy maydoni 66,7 ming kv.m. boʻlgan 486 ta uy–joy foydalanishga topshirildi. Bu 2017-yilning shu davri bilan solishtirganda 122,7 foizga koʻpdir. Bu haqda tuman Statistika boʻlimi maʼlum qildi.
Hisobot davrida kommunal qurilishda 8,6 km. suv tarmoqlari va 1,5 km. gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu koʻrsatkichlar 2017-yilning mos davriga nisbatan suv tarmoqlarida 25,1 foiz va suv tarmoqlarida 30 foiz oʻsishga erishilganini anglatadi.
2018-yilning oʻtgan 9 oyi davomida tuman boʻyicha 88,2 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻsish surʼati 2017-yilning yanvar–sentyabr oylariiga nisbatan 100,3 foizni tashkil etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶