Ona zamin muqaddas, uni avaylaş - burçimiz
"Xitoy” ovul fuqarolar yiğinida ayni kunda 3200 nafardan ortiq özbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman, rus, tatar kabi turli millat vakillari ahil-inoq yaşaşmoqda. Mehnatga layoqatli 1820 nafardan ziyod aholining 275 nafari iqtisodiyot tarmoqlarida, 14 nafari MMTPda, 168 nafari fermer xöjaliklarida, 119 nafari taʼlim muassasalarida 42 nafari soğliqni saqlaş muassasalarida, 5 nafari madaniyat muassasalarida, 25 nafari qurilişda, 35 nafari boşqada işlarda, 10 nafari uy mehnati bilan şuğullanişmoqda.
Ovul yoşlari 1 ta umumtaʼlim maktabida bugungi kun talablari darajasida taʼlim-tarbiya olişmoqda. 1 ta madaniyat uyi, 1 ta madaniyat klubi, 1 ta dorixona, 1 ta qişloq vraçlik punkti, 9 ta xususiy dökonlar, 1 ta göşt dökoni, 12 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari aholi xizmatida.
Joriy yilda ovulda faoliyat körsatayotgan paxtaçilik va ğallaçilikka ixtisoslaşgan 4 ta fermer xöjaliklarida paxta, buğdoy va boşqa qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiriş rejasi ortiği bilan ado etildi.
Bundan taşqari, xonadonlarda boqilayotgan 900 boşdan ziyod qoramollar, 50 boşdan ziyod qöy-eçkilar, şuningdek, parrandalar ovul aholisi dasturxonining tökin bölişiga hissa qöşayotir.
Keyingi yillarda tomorqa yerlardan unumli foydalaniş hisobiga aholi turmuşi farovonligini oşirişga alohida eʼtibor berilmoqda. Çunki har kim hovlisi oldidagi tomorqa yeridan közlanganiday hosil olsa, avvalo şu mahsulotlarga ajratiladigan xarajati tejaladi. Qolaversa, har kim öz tomorqasida mahalliy öğit va yaxşi işlov beriş hisobiga möl hosil olsa, oila aʼzolarini ekologik toza, yangi meva, sabzavotlar bilan taʼminlaydi. Va şu barobarida soğligini muhofaza qilişga hissa qöşgan böladi. Axir yoz, kuz kunlarida bozorlarda turib qolgan meva va poliz mahsulotlarini isteʼmol qiliş oqibatida köngilsizliklar sodir bölayotgani heç kimga sir emas.
Tabiat – onamiz. Nainki inson, balki jamiki mavjudotlarning tiriklik manbai atrofimizni örab turgan olam tufaylidir. Şunday ekan, çor-atrofimizni ozoda va kökalamzor göşaga aylantiriş, mevali, manzarali daraxtlar, gullar ekiş, mavjud daraxtlarni yetarliça parvarişlaş har birimizning burçimiz ekanligini ovul odamlariga keng tuşuntirayapmiz. Harakatlarimiz esa samara berayotir. Ularning bu boradagi intilişlarini rağbatlantiriş maqsadida "Eng yaxşi boğli hovli”, "Eng obod xonadon” kabi tanlovlar ötkazib, ğoliblarni rağbatlantirib borayapmiz.
Tabiatni asraş, mevali, manzarali daraxtlarni köpaytirib, çor-atrofimizning gözal va obod bölişiga hissa qöşiş har birimizning burçimiz.
Tozagul EŞÇONOVA,
(Foto - http://navoiypress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶