Vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir oʻtkazildi
17- dekabr kuni Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb- hunar kollejida mamlakatimizda 2018- yilning 15- dekabridan 2019- yilning 15- yanvarigacha “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida oʻtkazilayotgan Vatanparvarlik oyligi doirasida tadbir oʻtkazilib, unda mazkur kollej va 20- sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi podpolkovnik I. Nodirov Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va hozirgi kunda harbiylar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida maʼruza qildi.
Shundan keyin tuman IIB xodimi A. Qurboniyozov, tuman maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M. Saparboyevlar soʻzga chiqdilar.
Vatanparvarlik oyligi doirasida oʻtkazilgan ushbu tadbir videorolik namoyishi bilan yakunlandi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶