2018-yilning 11 oyi davomida 26 ming 785 nafar fuqaroga yangi biometrik pasportlar rasmiylashtirilib berildi
Mamlakatimizda ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida Prezidentimiz tomonidan shu yil qabul qilingan «Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha faoliyatni tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibi oʻrnatildi.
Bugungi kunda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan profilaktik tadbirlar kuchaytirilib, aholini pasportlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish, unga kirish va unda boʻlish, fuqarolikni qabul qilish, yoʻqotish va fuqarolikdan chiqish boʻyicha olib borilayotgan faoliyat belgilangan tartibga koʻra amalga oshirilmoqda. Shuningdek, pasport tizimi qoidalari buzilishi holatlariga hamda noqonuniy migratsiya faktlariga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlar oʻrganilib, ularning oldi olinmoqda. Tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan yangi biometrik pasport bilan taʼminlash boʻyicha 2018-yilning 11 oyi davomida 27 ming 214 nafar fuqaroning hujjatlari qabul qilindi. Shunga koʻra 26 ming 785 nafar fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan tayyorlangan yangi biometrik pasportlar rasmiylashtirilib berildi.
Undan tashqari, tuman hududida “Pasport-viza” tadbiri oʻtkazilib, ovul va mahallalardagi 17 ming 68 xonadonda yashovchi 31 ming 588 nafar fuqaro pasport tizimi qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tekshirildi. Tekshirishlar natijasida 420 nafar fuqaro pasport tizimi qoidalarini buzib yashab yurganligi aniqlandi. Bu fuqarolarga tegishli qonunga muvofiq maʼmuriy jazo qoʻllanildi va 38 mln.898 mingdan ziyod jarima undirildi. Shuningdek, 2018-yilning 11oyi davomida boshqa tumanlarga ketgan fuqarolar 480 nafarni, boshqa viloyatlardan kelgan fuqarolar 335 nafarni, vaqtincha yashash uchun kelgan chet el fuqarolari esa 1 ming 538 nafarni tashkil qilib, ularning fuqaroligi tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilish boʻyicha 50 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar hujjat topshirdi. Shundan 15 nafar fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyrugʻi talablari asosida fuqarolikka mansubligi aniqlanib, biometrik pasportlar berildi. Oʻtgan davr mobaynida boʻlimga 37 nafar fuqaro fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini, 10 nafar chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish uchun hujjatlarini topshirdi.
Bugungi kunda noqonuniy migratsiya, odam savdosi, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, yoshlar oʻrtasida xalqimizga yot gʻoyalar tarqalishi kabi xavf-xatarlarning tobora kuchayib borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga oʻz vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish boʻyicha yangi vazifalarni qoʻymoqda. Fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlash maqsadida tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan bu boradagi jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
O.Xudoyberganova tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶